MUHOKAMA QILAMIZ
1.
Sizningcha, she’rda qanday g‘oya ilgari surilmoqda?
2. Lirik qahramon nima uchun bahorga intiq? U “shu kunlar” deganda
qanday kunlarni nazarda
tutmoqda?
3. She’rdagi “o‘z bahorim kabi bemisol” jumlasidan nimani anglash mumkin? Siz lirik
qahramonning bahorini qanday tasavvur qilyapsiz?
4. Sizningcha, lirik qahramon sog‘inchi kimga yoki nimaga nisbatan bo‘lishi mumkin?
MUHOKAMA QILAMIZ
1. “Oliy butunlik” she’rining g‘oyaviy asosi haqida nimalar deyish mumkin? Nega she’r “Oliy
butunlik” deb nomlangan? Fikrlaringizni matn asosida dalillang.
2. Qanday qilib ona tabiat inson uchun bir vaqtning o‘zida ham erkinlik va ham tutqunlik (qafas)
bo‘lishi mumkin? Nima uchun shoir bu so‘zlarni tabiatga nisbatan qo‘llamoqda?
3. “Har tong qarshisida tiz cho‘ksam arzirdi” satrida lirik qahramon nimaga ishora qilmoqda?
Tongning inson hayotidagi qimmati nimalarda aks etadi?
4. Qanday qilib bahor insonlardagi hayot ishqini yangilashi mumkin? Bunday fi
krni boshqa
faslga nisbatan ham qo‘llash mumkinmi? Nima uchun?
5. She’rda ishlatilgan badiiy tasvir vositalarini toping. Ularning she’r badiiy va g‘oyaviy qimmatini
oshirishdagi ahamiyatini matn asosida izohlang.
Dostları ilə paylaş: