99
faoliyat bilan shug’ullanish uchun tegishli ma’muriy organning qarori
talab etiladi. Qaror ma’muriy hujjat bo’lsa, qaror qabul qilingungacha
bo’lgan bosqichda ishni ko’rib chiqish bilan bog’liq masalalar bilan
bog’liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi.
Ma’muriy hujjat tushunchasini tahlil qilishda quyidagi muammoli
vaziyatni ko’rib chiqsak.
Yuqoridagi muammoli vaziyatda quyidagilar ma’muriy hujjat
hisoblanadi:
1. mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi;
2. erdan doimiy foydalanish to’g’risidagi shahar hokimining
qarori;
3. erdan doimiy foydalanish huquqini davlat ro’yxatiga olish
to’g’risidagi guvohnoma;
4. erdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat akti;
5. bino-inshootlarni buzish to’g’risidagi shahar hokimining qarori.
Xo’sh, nima uchun yuqoridagilar ma’muriy hujjat hisoblanadi?
Buni biz ma’muriy hujjatning o’ziga xos xususiyatlaridan aniqlash
orqali bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Ma’muriy hujjatning quyidagi
xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Ma’muriy hujjat ma’muriy organ tomonidan qabul qilinadi;
2. Ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlar bilan
chambarchas bog’liq;
Yer tuzish va ko'chmas mulk davlat kadastr korxonasi shahar bo'limining
ma'lumotnomasiga ko'ra Huvaydo ko'chasi, 166-uy manzilida joylashgan do'kon va
sex binosiga mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi va oldi-sotdi shartnomasiga
asosan fuqaro Q.Qo'ldoshev nomiga kadastr xizmatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
hamda shahar hokimining qaroriga asosan mazkur binolarning amalda egallab turgan
450 kvadrat metr maydoni doimiy foydalanish uchun biriktirilib, yerdan doimiy
foydalanish huquqini beruvchi davlat akti berilgan. 2017-yil 3-oktabrda Buxoro
shahar hokimining qarori asosida fuqaro Q.Qo'ldoshevga tegishli bo'lgan bino-
inshootlanrni buzish lozimligi ko'rsatilgan. Fuqaro binoni buzdirish to'g'risida shahar
hokimining qarori qabul qilinganidan 2017-yil noyabr` oyida habar topgan. Fuqaro
Q.Qo'ldoshev xokim qarori qonunda belgilanmagan muddatda unga xabar
qilinmaganligi uchun ma'muriy sudga shikoyat qilgan.
Dostları ilə paylaş: