105
qilinmaydi. Аksincha, muayyan harakatni bajarish yozma ma’muriy
hujjat vazifasini bajaradi.
“Ma’muriy
tartib-taomillar
to’g’risida”gi
O’zbekiston
Respublikasi Qonunining 52-moddasi ikkinchi qismiga binoan yozma
ma’muriy hujjat ma’muriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki
kollegial organ a’zolari tomonidan imzolanadi va ma’muriy organning
muhri bilan tasdiqlanadi. Demak, yozma ma’muriy hujjatning
shaklidagi muhim belgi − bu ma’muriy organning vakolatli
mansabdor shaxsi yoki kollegial organ a’zolari tomonidan imzolanishi
va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanishidir. Bu ma’muriy
hujjatning qonuniyligini kuchaytiradi. Unga nisbtan ishonchni
vujudga keltiradi.
Bunday talab faqat yozma tarzda berilgan ma’muriy hujjatga
nisbatan tadbiq etiladi. Boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan
harakatlarni amalga oshirish ko’rinishidagima’muriy hujjatlar uchun
ma’muriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ
a’zolarining imzosi va ma’muriy organning muhri talab etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: