MUSTАQIL TАYYORLАNISH UCHUN VАZIFАLАR Quyidagi muammoli vaziyat(kazus) va nazariy savollarni mavzuga bog’lagan holda tahlil qiling. MUАMMOLI VАZIYaT(KАZUS) 2017-yil Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida yashovchi
fuqaro S.Samadovga xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va
ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda
jangovar
va
ma’naviy-ma’rifiy
tayyorgarlik
dasturlarining
o’zlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida
o’tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olib, harbiy qism
komandiri
tomonidan
ushbu
harbiy
xizmatchining
bevosita
komandirlari taqdim etgan taqdimnoma va muddatli harbiy
xizmatchilarning umumiy yig’ilishida qabul qilingan qarorga asosan
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish
uchun imtiyozli tavsiyanoma berishga qaror qabul qilindi.
Tavsiyanoma olgan fuqaro S.Samadov Toshkent moliya institutiga
topshirishga qaror qildi.
Lekin, 2018-yil may oyida e’tiborsizligi tufayli ushbu
tavsiyanomani yo’qotib qo’ydi. Fuqaro S.Samadov tavsiyanomani
tiklash bo’yicha Samarqand viloyati Bulung’ur tumani mudofaa
bo’limiga murojaat qildi. Samarqand viloyati Bulung’ur tumani
Mudofaa bo’limi xodimi N.Fayziev tavsiyanomani tiklash bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga murojaat qilishi
lozimligini ta’kidlab o’tdi. Bundan norozi bo’lgan S.Samadov sudga
shikoyat bilan murojaat qildi.