KАZUS (MUАMMOLI VАZIYAT)LАR TO’PLАMI 1-masala 2013-yilning yozida Toshkent shahri Olmazor tumanida
yashovchi fuqaro B.Komilov o’ziga qarashli er uchastkasida olti
xonadan iborat turar joy binosi qurdi. Oradan o’n yil o’tgach fuqaro
Komilov K.ning hovlisi joylashgan hududdan avtomobil magistral
yo’li qurish loyihasi davlat dasturiga kiritildi.
Mazkur holat bo’yicha hokimiyat vakili fuqaro B.Komilovga
qarashli er o’rniga boshqa er berilishini, uy-joy qurish uchun esa
mablag’ berilmasligini ta’kidlab o’tdi. Sababi fuqaro B.Komilovning
turar joyi qonunchilik talablariga javob bermasligini aytib, asos qilib
Uy-joy kodeksining 9-modda (Fuqarolarning doimiy yashashiga mo’ljallangan, belgilangan sanitariya, yong’inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg’iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga
mo’ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi)sini keltirib o’tdi. Ya’ni
uning turar joyi belgilangan sanitariya talablarga javob bermasligini
ko’rsatib o’tdi. Fuqaro B.Komilov turar joyida sanitariya talablari
yomonligini bir qancha sabablarini aytib o’tdi:
Birinchidan, uning ko’chasiga asfalt yotqizilmaganligi.
Ikkinchidan, kanalizatsiya tizimi ishdan chiqqanligi.
Uchinchidan, uyiga yaqin joyda sochiq ishlab chiqaruvchi zavod
borligi.
O’z navbatida. fuqaro B.Komilov O’zbekiston Respublikasi
Shaharsozlik kodeksining 20-moddasiga ko’ra, tuman hokimi aholini
oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal etishga majbur
ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Tuman hokimiyati turar joy binosi ichida sanitariya talablarini
bajarish fuqaro tomonidan shaxsan bajarilishini, tashqi ta’sirlarning
bunga aloqasi yo’qligini ta’kidlab o’tdi. Bundan norozi bo’lgan fuqaro
B.Komilov sudga shikoyat qildi.