136
fuqaro K.Rashidovga olib kelishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxatini
taqdim qildi.Lekin, hujjatlar ro’yxati ichida fuqaro K.Rashidov 1990–
1995-yillarda ishlagan tashkilot hozirda o’z faoliyatini tugatganligi
uchun ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnomani topishning iloji
bo’lmasligini ijtimoiy ta’minot bo’limi xodimiga aytib o’tdi. Bo’lim
xodimi u holda fuqaro K.Rashidovning arxivga borishini ta’kidlab
o’tdi. Аrxivga borganda arxiv idorasi yangi binoga ko’chib o’tganligi
uchun, ko’chish jarayonida fuqaro K.Rashidov 1990–1995-yillarda
ishlagan tashkilotga tegishli hujjatlar yo’qolganligini aytib, bu
masalada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
“O’zarxiv” agentligiga murojaat qilishi lozimligini aytib o’tdi.
2014-yilning 25-mart kuni fuqaro K.Rashidov O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligiga
elektron
murojaat
qildi.
2014-yilning 30-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi fuqaro K.Rashidovga
javob yo’llab, ushbu masala “O’zarxiv” agentligi vakolatiga
kirmasligini, “boshqa organ”ga murojaat qilish lozimligini ko’rsatib
o’tdi. Bundan norozi bo’lgan fuqaro sudga shikoyat qildi. Fuqaro o’z
shikoyatida bir qancha asoslarni ko’rsatib o’tdi.
Birinchidan,
agentlik
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi (“O’zarxiv” agentligi)
to’g’risidagi nizomga ko’ra, respublika davlat arxivlarida
saqlanayotgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash uchun javobgar
ekanligini ko’rsatib o’tadi.
Ikkinchidan, agentlik arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga
olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom
talablarini bajarmayotganligini ta’kidlab o’tadi.
Dostları ilə paylaş: