Mazkur holatga huquqiy baho bering. 5-masala 2019-yil 20-mart kuni Kattaqo’rg’on tuman hokimining tadbirkor
Q.Toshpo’latovaga buzilgan dorixona o’rniga “Kattaming” mahallasi
hududidan 150,0 kv.metr er tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli
qarori chiqqan. Аmmo tanlanayotgan er bo’yicha hokimlik va
tadbirkor kelishuvga erisholmagan. Tuman hokimi qarori asosida
“Kattaming” mahallasi hududidan tadbirkorga er tanlandi. Аmmo
keyinchalik bu er maydoni boshqa maqsadlar uchun ajratilgani
ma’lum bo’ldi. Shundan keyin tadbirkorning o’zi istiqomat qiladigan
“Mo’minxo’ja” mahallasidan er ajratishga qaror qildik. Bu erdagi
“Mahalla markazi”da qator binolar joylashgan. To’yxona, tibbiyot
muassasasi, mahalla guzari va hokazo. Shu binolar qatoridan er
ajratyapmiz, ammo tadbirkor e’tiroz bildiryapti. Ma’lum bo’lishicha,
tadbirkor uchun noqulay bo’lgan hududlardan er ajratilgan. Er ko’cha
tomondan oldiga boshqa binolar tushgan. Bu erdan tadbirkor dorixona
qurganda ham binolar ortidan ko’zga tashlanmaydi. Tadbirkor aynan
shuning uchun e’tiroz bildirmoqda va boshqa hududdan er ajratilishini
so’ramoqda.