142
Vaziyatni O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-
taomillar to’g’risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari
asosida tahlil qiling
12-masala
2014-yil fuqaro А.Niyazov Toshkent davlat yuridik universitetiga
o’qishga kirish uchun tegishli hujjatlarni topshirdi. Uning o’rtog’i
B.Rustamov А.Niyazovning otasi qonun hujjatlariga muvofiq xizmat
majburiyatlarini bajarish chog’ida halok bo’lgan Ichki ishlar organi
xodimi bo’lganligini, bunday xodimlarning farzandlariga istalgan
o’qishga imtihonsiz kirish imtiyozi mavjudligini aytib maslahat berdi.
А.Niyazov o’zining bu kabi huquqi borligida foydalanib, Toshkent
davlat yuridik universitetiga imtihonsiz qabul qilishlarini talab qildi.
Biroq Toshkent davlat yuridik universiteti ma’muriyati mazkur talabni
rad etdi. Barcha fuqarolar tegishli imtihondan o’tganidan so’nggina
talabalikka qabul qilinishlarini tushuntirishdi.
Dostları ilə paylaş: