Yuridik kollejlari


Huquqiy  aktlar  boshqaruv  qarorlarining  yuridik  ko'rinishi  hisoblanadi.  Ijro  hokimiyati



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Huquqiy  aktlar  boshqaruv  qarorlarining  yuridik  ko'rinishi  hisoblanadi.  Ijro  hokimiyati 
organi  (mansabdor  shaxs)  vakolat  doirasida  huquqiy  akt  qabul  qilish  orqali  umumiy 
(normativ) yoki individual (yakka, ma'muriy) ahamiyatdagi masalalarni hal etadi. 


21
 
funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ma’muriy-
huquqiy 
normalarni 
o’rnatish 
hamda 
ma’muriy-huquqiy 
munosabatlarni  vujudga  keltirish,  o’zgartirish  va  bekor  qilishga 
qaratilgan aktdir. 
 

 
Ma’muriy-huquqiy shartnoma nima? 
Boshqaruv faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishning huquqiy 
shakllaridan  biri  bu  ma’muriy-huquqiy  shartnomalarni  tuzish 
hisoblanadi.  
Ma’lumki,  xususiy  huquq  sohasida  shartnoma  subyektlar 
o’rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  odatiy  vosita  sifatida 
namoyon  bo’ladi.  Bu  munosabatlar  fuqarolik  huquqi  normalari  bilan 
tartibga  solinadi  hamda  uning  ishtirokchilari  teng  huquqlarga  ega 
bo’ladi. 
Ommaviy-huquqiy  tartibga  solish  esa,  normativ  va  imperativ 
xususiyatdagi  ko’rsatmalar  vositasida  amalga  oshiriladi.  U  umumiy 
maqsadlarga  erishish  va  ommaviy  manfaatlarni  qondirish  uchun 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  irodasi  va  xulq-atvori  (yurish-
turishi)ga hokimiyat-boshqaruv ta’sirini ko’rsatadi.  
Ommaviy  huquqda  huquqiy  tartibga  solishning  alohida  usuli 
hisoblangan  shartnomalardan  ham  foydalaniladi.  Ommaviy-huquqiy 
sohada  shartnomalar,  ommaviy  manfaatlarni  qondirish  maqsadida, 
boshqaruv  funksiyalarini  (masalan,  muvofiqlashtirish,  bo’ysunuv, 
tashkil etish, taqsimlashni) o’z zimmasiga oladi. 
Ma’muriy-huquqiy  shartnomalar  jarayoni  boshqaruvning  ma’lum 
bir ko’rinishi sifatida ma’muriy jarayon tuzilishiga kiradi.  
Respublikada  ma’muriy-huquqiy  shartnomalarning  dolzarbligi  va 
ahamiyati – mamlakatning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi, 
mulkka  bo’lgan  munosabatning  o’zgarishi, qattiq  markazlashtirish  va 
rejali taqsimlashdan voz kechish bilan belgilanadi. 
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar:  

 ommaviy  shartnomalarning  bir  turi  bo’lib,  o’ziga  xos 
xususiyatlarga ega bo’ladi; 

 
ma’muriy-huquqiy  shartnomada  uning  doimiy  ishtirokchisi 
hisoblangan hamda hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan davlat organlari 


22 
va  tartibga  solish  funksiyasiga  ega  bo’lmagan  turli  subyektlar 
(masalan, nodavlat korxona va tashkilotlar, fuqarolar) ishtirok etadi;  

 
ma’muriy-huquqiy  shartnomalarni  tuzishning  asosiy  talablari 
sifatida quyidagilar nazarda tutiladi: 
a) jamiyat va davlat (ommaviy) manfaatlarini qondirish; 
b)  ma’lum  bir  boshqaruv  vazifalari  va  funksiyalarni  amalga 
oshirishning ma’muriy tartibini o’rnatish; 
v) boshqaruv organlari tomonidan nazoratning amalga oshirilishi; 
g) majburiyatlarni  o’z  zimmasiga  olgan  ikkinchi  tomonning  o’z 
majburiyatlarini  bajarmagani  yoki  lozim  darajada  bajarmaganida, 
davlat  organi  (mansabdor  shaxs)ning  shartnomani  bir  tomonlama 
tartibda bekor qilish imkoniyatiga ega bo’lishi; 
d) vujudga kelgan nizolarni ma’muriy yurisdiktsiya organlarida va 
sudda hal etish imkoniyatining o’rnatilishi va boshqalar. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin