Yuridik kollejlari


Methodological recommendations for writing case  .................... 98



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Methodological recommendations for writing case  .................... 98 
Exemplary response for case ......................................................... 99 
 



KIRISH 
 
O’zbekiston  Respublikasida  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan 
munosabatlarning  shakllanishi  va  chuqurlashib  borishi,  davlat 
hokimiyatining 
konstitutsiyaviy 
bo’linishi  va  samarali  ijro 
hokimiyatining 
tashkil 
etilishi, 
davlatchilikni 
mustahkamlash 
zaruriyati, zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat 
boshqaruvi  nazariyasi  va  amaliyotining  o’zgarishi  –  bularning 
barchasi  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  boshqaruv  sohasidagi 
ma’muriy-huquqiy 
va 
ma’muriy-protsessual 
o’zgarishlarni 
ta’minlashga qaratilgandir.  
O’zbekiston  tanlab  olgan  yo’l  –  respublika  va  uning  xalqining 
manfaatlariga  mos  keladigan,  ijtimoiy  jihatdan  yo’naltirilgan  bozor 
iqtisodiyotini  shakllantirishga  qaratilgan  iqtisoddir.  Bozor  sharoitiga 
o’tilgan  sari  iqtisodiyotni  boshqarish  va  tartibga  solishda  davlatning 
roli  jiddiy  o’zgaradi.  Bozor  iqtisodiyotining  o’zini  o’zi  tartibga 
soluvchi mexanizmlari tobora katta rol o’ynaydi.  
Demokratik tamoyillarga asoslangan erkin bozor munosabatlariga 
o’tish  izchil  tarzda  eskicha  tartiblarga  barham  berish,  uning  o’rniga 
yangi  bozor  tartiblarini  asta-sekin  joriy  eta  borish,  iqtisodda, 
siyosatda, madaniy-ma’naviy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish 
yo’li bilan jamiyatni yangilash orqali amalga oshiriladi. 
Bugungi  kunda  ma’muriy-huquqiy  va  ma’muriy-protsessual 
fanlarni,  ma’muriy  qonunchilikni  takomillashtirish  masalalariga 
bo’lgan e’tibor yanada kuchaytirildi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  2017-yil  8-sentabrdagi  Farmoni  bilan  tasdiqlangan 
O’zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  islohotlar  konseptsiyasi  va 
2018-yil  8-yanvar  kuni  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 
“Ma’muriy  tartib-taomillar  to’g’risida”gi  Qonuni  bilan  bevosita 
bog’liqdir. Bu orqali esa Ma’muriy huquq fanini o’rganishga yangicha 
yondashishni taqozo etmoqda.  
Ma’muriy 
huquq 
fanini 
o’rganish 
jarayonida, 
davlat 
mustaqilligidan  so’ng  yuz  bergan  o’zgarishlarni  ham  inobatga  olish, 
yangi  Ma’muriy  huquq  o’quv  kursini  shakllantirishda  xorijiy 
mamlakatlarning tajribasini o’rganish lozim. 


7
 
“Ma’muriy  huquq  va  protsess”  darsligi  –  O’zbekiston 
Respublikasining  yangi  qonunchiligi  asosida,  ma’muriy  huquqning 
nazariy-huquqiy  masalalarini  yoritib  berishni,  mamuriy  tartib-
taomillar  amaliyotiga  e’tiborni  kuchaytirishni,  davlat  boshqaruvini 
yangicha  fikrlovchi  kadrlar  bilan  ta’minlash  ishini  samarali  tashkil 
etishni takomillashtirishni nazarda tutadi. 
“Ma’muriy  huquq  va  protsess”  darsligining  asosiy  vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 

 zamonaviy  boshqaruv  tizimidan  kelib  chiqib  ma’muriy 
huquqning tushunchasi va predmetini o’rganish; 

 
ma’muriy 
huquq 
normalari 
va 
ma’muriy-huquqiy 
munosabatlarni yoritib berish; 

 davlat boshqaruvining ma’muriy-huquqiy shakllari va usullarini 
yoritib berish; 

 turli sohalarni ma’muriy-huquqiy tartibga solishni tahlil qilish; 

 
ma’muriy protsessni o’rganish; 

 
ma’muriy tartib-taomillarni o’rganish va tahlil qilish; 

 
ma’muriy ish yurituvni o’rganish; 

 
ma’muriy hujjatni tahlil qilish; 

 
ma’muriy yustitsiyani o’rganish va tahlil qilish; 
Darslikda  ma’muriy-huquqiy  munosabatga  oid  muammoli 
vaziyat(kazus)larni tegishli mavzularga bog’lab tahlil qilishga harakat 
qilingan. 




Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin