Yuridik kollejlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

tizimi qanday? 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Madaniyat  va  sport 
sohasida  boshqaruv  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni
2
ga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat 
va  sport  ishlari  vazirligi  tugatilib,  uning  negizida  O’zbekiston 
Respublikasi  Madaniyat  vazirligi  va  O’zbekiston  Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi.  
2017-yil  15-fevralda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
Farmoni
3
  ga  ko’ra,  xalq  ijodiyoti  va  madaniy-ma’rifiy  ishlar 
respublika  ilmiy-metodik  markazi  va  uning  hududiy  markazlari, 
Respublika  metodika  va  axborot  markazi  tugatilib,  uning  negizida 
O’zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi  huzurida  quyidagi 
davlat muassasalari tashkil etildi: 
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-
metodik markazi; 
Аxborot va kompyuter texnologiyalari markazi. 
O’zbekiston  Respublikasi  madaniyat  vaziriga,  zarur  hollarda, 
vazirlikning  markaziy  apparati,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 
Madaniyat  vazirligi,  viloyatlar  madaniyat  boshqarmalari  va  Toshkent 
shahri  madaniyat  bosh  boshqarmasi,  O’zbekiston  Respublikasi 
Madaniyat  vazirligi  huzuridagi  Respublika  madaniyat  muassasalari 
faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Аxborot va kompyuter 
texnologiyalari  markazi  tuzilmalariga  xodimlarning  belgilangan 
umumiy  cheklangan  soni  doirasida  o’zgartirishlar  kiritish  huquqi 
berildi.  
Toshkent  shahar  hokimligi  tasarrufida  bo’lgan  “Istiqlol”  va 
“Turkiston”  San’at  saroylari  O’zbekiston  Respublikasi  Madaniyat 
vazirligi tasarrufiga topshirildi. 
2018-yil  5-martda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
“O’zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligining 
                                                        
2
 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 8-son, 105-modda 
3
 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 8-son, 114-modda 


57
 
tashkil  etish  to’g’risida”gi  qaroriga
1
  O’zbekiston  Respublikasi 
Jismoniy  tarbiya  va  sport  vaziriga  raisiga,  zarur  hollarda,  Jismoniy 
tarbiya  va  sport  vazirligi  markaziy  apparatining,  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligini,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahri  jismoniy  tarbiya  va  sport  boshqarmalarining 
tasdiqlangan 
tuzilmasiga 
xodimlarning 
belgilangan 
umumiy 
cheklangan  soni  doirasida  o’zgartirishlar  kiritish  huquqi  berildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  hamda  Oliy  va  o’rta 
maxsus  ta’lim  vazirligining  O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi 
vazirligi  huzuridagi  Bolalar-o’smirlar  sport  maktablari  xodimlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini O’zbekiston davlat 
jismoniy  tarbiya  instituti  huzuridagi  Jismoniy  tarbiya  va  sport 
bo’yicha  mutaxassislarni  ilmiy-metodik  ta’minlash,  qayta  tayyorlash 
va  malakasini  oshirish  markaziga  birlashtirish  yo’li  bilan  uni  qayta 
tashkil  etish,  mazkur  markazlarning  shtatlar  sonini  optimallashtirish 
hamda birkitib qo’yilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni 
ularda saqlab qolish to’g’risidagi taklifi qabul qilindi. 
 

 Mudofaa sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi qanday? 
O’zbekiston 
Respublikasining 
“Mudofaa 
to’g’risida”gi 
Qonunining  3-bo’limida  davlat  organlarining  mudofaa  sohasidagi 
vakolatlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlar  va  fuqarolarning  mudofaani  ta’minlashdagi 
ishtiroki ko’rsatib o’tilgan. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin