Yo’l harakati xavfsizligi. Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasining 2013-yil
10-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Yo’l harakati xavfsizligi
to’g’risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat
boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi: