Yuridik kollejlari


Ma’muriy tartib-taomillarning tizimi qanday?



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Ma’muriy tartib-taomillarning tizimi qanday? 
Ma’muriy protseduralar tizimi - ma’muriy organlarning turli soha, 
tarmoqlardagi  va  davlat  boshqaruvining  alohida  masalalari  bo’yicha 
faoliyatini  tartibga  solish  maqsadida  ushbu  qonun  bilan  belgilangan 
doirali  ma’muriy  protseduralardan  va  unga  muvofiq  belgilanadigan 
maxsus ma’muriy protseduralardan iboratdir.  
“Doiraviy  protseduralar”  tushunchasi  qonun  chiqaruvchi  uchun 
yangilikdir: hozirgi paytgacha u milliy qonunchilikda qo’llanilmagan. 
Аmmo  ushbu  tushuncha  asosida  turgan  tamoyil  (huquqiy  tartibga 
solishga  huquqiy  yondashuv)  anchadan  buyon  qonunchilikda 
                                                        
1
 Ushbu mavzuni o’zlashtirishda mazkur qonunni mukammal o’zlashtirish talab etiladi.  


82 
qo’llaniladi.  Bunga  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi 
yaqqol 
misol 
bo’la  oladi,  unda  mamlakatimizda  ijtimoiy 
munosabatlarni  va  qonunchilik  tizimini  shakllantirishning  asosiy 
tamoyillari  belgilangan.  Bunda  alohida  ta’kidlanadiki,  O’zbekiston 
Respublikasining  barcha  qonunlari  mamlakatning  Аsosiy  qonuni 
asosida va unda ko’zda tutilgan kafolatlarni ijro etish maqsadida qabul 
qilinishi  kerak.  Boshqacha  aytganda,  O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi bosh yo’nalishni belgilaydi, uning doirasida esa davlat 
qurilishi va boshqaruvi amalga oshirilishi kerak. 
Doiraviy  ma’muriy  protsedura  barcha  ma’muriy  organlar  uchun 
majburiy  bo’lgan,  ya’ni  barcha  ma’muriy  organlar  va  ularning 
mansabdor  shaxslari  tomonidan  ma’muriy  ishlarni  qo’zg’atish  va 
ko’rib  chiqish,  ma’muriy  qarorlarni  qabul  qilish  jarayonida  amal 
qilinishi  shart  bo’lgan  asosiy  talablar  (qoidalar)dir.  Shu  tarzda, 
doiraviy  ma’muriy  protsedura  –  mohiyatan  ma’muriylashtirish 
konstitutsiyasidir. 
Ma’muriy  organlar  faoliyati  sohalari,  ular  oldiga  qo’yilgan 
vazifalar  kabi,  xilma-xilligi  bilan  farqlanadi.  Аlohida  sohalarda 
ma’muriylashtirishning  o’ziga  xosligi  maxsus  ma’muriylashtirish 
protseduralarida  aks  ettirilishi  lozim.  Maxsus  protseduralarning 
mohiyati  shundaki,  ular  chegarasidan  tashqariga  chiqmay,  doiraviy 
ma’muriy 
protsedurada 
ko’zda 
tutilgan 
ayrim 
qoidalarni 
aniqlashtiradi.  Masalan,  ular  ma’muriy  ishni  ko’rib  chiqishning 
qisqaroq  muddatini,  rad  etishning  batafsil  tartibini,  dalillar  tadqiqoti 
va shu kabilarning qisqaroq muddatini ko’zda tutishi mumkin.  
Maxsus 
ma’muriy 
protsedura 

yoki 
bu 
sohada 
ma’muriylashtirishning  o’ziga  xosligini  e’tiborga  olishi  kerak,  u 
doiraviy  protseduraga  zid  bo’lmasligi  kerak.  Buning  uchun  qonun 
protseduralarning bunday nomuvofiqligi mezonlarini belgilashi kerak. 
 

 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin