87
3-topshiriq
Fuqaro D. yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan
o’tganidan so’ng turizm sohasida faoliyat yuritish maqsadida tegishli
organga ariza, yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro’yxatidan
o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi, ariza ko’rib
chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi to’lov
hujjatining nusxasi va gid (ekskursovod)ning malaka sertifikati
nusxasini taqdim etdi. Vakolatli organ 5 kundan keyin fuqaro D.ga u
tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan yakka tartibdagi tadbirkorning
davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning
nusxasi va gid (эkskursovod)ning malaka sertifikati nusxasi notarial
tasdiqlatilmagani va ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun 5 kun
vaqt berilishi to’g’risida xabardor qildi. Fuqaro D. mazkur holat
bo’yicha litsenziya talabgoridan Turizm faoliyatini litsenziyalash
tartibi to’g’risidagi Nizom nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim
etilishini talab qilish deb hisoblab sudga murojaat qildi.
Dostları ilə paylaş: