90
2017-yil 26-oktyabr` kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va
davlat kadastri bo'limi tomonidan fuqaro F.Latipovaga doir ma'muriy ish yuzasidan
ma'muriy hujjat qabul qilingan.
F.Latipova ko'p kvartirali uyda joylashgan turar joyini rekonstruktsiya qilingan
turar joyga nisbatan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatdan o'tkazish
uchun murojaat qilgan.Biroq, Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri
bo'limi F.Latipovaning ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatdan
o'tkazishni rad etgan.
F.Latipovaning qo'shnisi fuqaro V.Muxtorova ma'muriy ishni ko'rib chiqishda
ishtirok etishini so'rab murojaat qildi. Ishni ko'rib chiqish jarayonida uning xonadoni
F.Latipovaning uy-joyidan tepa qavatda joylashgani, rekonstruktsiya qilingan uy-joy
texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo javob bermasligi tufayli uning va oilasining
hayoti xavf ostida qolayotganini ma'lum qildi hamda Toshkent shahar Chilonzor
tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo'limidan rekonstruktsiya qilingan turar
joyga nisbatan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatdan o'tkazishni rad
etishni so'radi.
Ma'muriy organ buni inobatga olib F.Latipovaning rekonstruktsiya qilingan
turar joyga nisbatan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatdan
o'tkazishni rad etish haqida ma'muriy hujjat qabul qildi.
Dostları ilə paylaş: