Buni quyidagi kazus orqali tushuntirish mumkin.
Xo’sh, bu vaziyatda adresat kim? Bu vaziyatda adresat ma’muriy
hujjat o’ziga qaratilgan shaxs, ya’ni fuqaro F.Latipovadir. Fuqaro
V.Muxtorova esa uchinchi shaxsdir. F.Latipova va V.Muxtorova
birgalikda manfaatdor shaxslar hisoblanadilar.
Аmmo ma’muriy hujjat adresat hisoblanmish fuqaro F.Latipovaga
xabar berilgandan boshlab kuchga kiradi. Sababi aynan u yuqorida
ta’kidlanganidek ma’muriy hujjat o’ziga qaratilgan shaxsdir.