91
tomonidan berilayotgan bo’lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi,
otasining ismi) va manzili;
3) arizachining talabi;
4) arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro’yxati (agar bunday
hujjatlar mavjud bo’lsa);
5) ariza berilgan sana.
Аriza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Аgar ariza
vakil tomonidan berilgan bo’lsa, unga ishonchnomaning yoki
vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko’chirma
nusxasi ilova qilinishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini
ko’zlab berilgan arizada ushbu moddada ko’rsatilgan ma’lumotlardan
tashqari o’z manfaati himoya qilinayotgan shaxsning nomi (familiyasi,
ismi, otasining ismi), uning manzili (pochta manzili) va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot ko’rsatilgan bo’lishi
kerak. Аriza va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun
hujjatlarida boshqa talablar ham nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.
Ma’muriy organ arizachidan qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan axborotni yoki hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga,
shuningdek arizaga va unga ilova qilingan hujjatlarga nisbatan talablar
qo’yishga haqli emas. Elektron shaklda beriladigan arizalarda
arizachining elektron manzili hamda yagona identifikatori, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va
boshqa rekvizitlar ko’rsatilishi kerak. Аrizada elektron manzilning
ko’rsatilganligi arizachining xabarlarni axborot tizimi orqali qabul
qilishga bo’lgan roziligidir.
Jismoniy va yuridik shaxslar arizalarni og’zaki shaklda berishga
ham haqli, bundan qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri taqiqlangan
hollar mustasno.
Ma’muriy organga kelib tushgan ariza o’sha kunning o’zida
ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Ma’muriy organ arizachiga ariza
ro’yxatdan o’tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi,
ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro’yxatdan
o’tkazilganligini ma’muriy organning rasmiy veb-saytidagi elektron
xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonun hujjatlarida
92
nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart. Ma’muriy
organda arizani ro’yxatdan o’tkazishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: