Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur axborotni taqdim et- ish tartibi qanday? Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur bo’lgan axborot
ma’muriy organning mansabdor shaxsi yoki axborotni taqdim etish
o’z vakolatiga kiritilgan boshqa xodimi tomonidan taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma tarzidagi axborot qoida tariqasida:
– arizaning shakliga;
– arizaning mazmuniga;
– ariza berish uchun zarur hujjatlar ro’yxatiga;
– arizaning shakli va mazmuniga doir talablarni buzish oqibatlari-
ga;
– hujjatlarni qabul qilish va berish vaqtiga;
– arizani ko’rib chiqish muddatlari va tartibiga;
– ma’muriy va protsessual hujjatlar hamda harakatlar ustidan shi-
koyat qilish tartibiga oid masalalar yuzasidan taqdim etiladi.
Ma’muriy organ arizalar namunalaridan va ma’muriy ish yuritish
bilan bog’liq bo’lgan xizmat varaqalaridan (blankalardan), shuningdek
ularni to’ldirish, shu jumladan ma’muriy organning rasmiy veb-
saytiga joylashtirish orqali to’ldirish bo’yicha yo’riqnomalardan
foydalanishni ta’minlashi shart.
Ma’muriy organ arizachiga qonun hujjatlariga muvofiq zarur
yordam ko’rsatishi shart.