Fuqarolik sudlov ish yurituvi bilan ma’muriy sudlov ish yurituvini qanday farqli jihatlari mavjud? Ma’muriy nizolarni ko’rib chiqishning fuqarolik protsessidan
farqli jihatlariga alohida e’tibor berish lozim.
1. Fuqarolik protsessida tomonlar sifatida ikki xususiy shaxs
ishtirok etadi. Ma’muriy nizoda esa fuqarolik protsessidan farqli
ravishda taraflardan biri sifatida mansabdor shaxs (boshqaruv organi)
bo’lib, u ishda xususiy shaxs emas balki ma’muriy idoraning vakili
sifatida ishtirok etadi
1
.
2. Davlat
organi
yoki
mansabdor
shaxsning
harakati
(harakatsizligi) yuzasidan sudga shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaro
nafaqat da’vogar, balki ham ayblovchi, ham jabrlanuvchi sifatida
ishda ishtirok etadi
2
.
3. Fuqarolik protsessida sudning qarori fuqarolik-huquqiy oqibatni
keltirib chiqarsa (zararni qoplash, neustoykani undirish), ma’muriy
protsessda ish shikoyat predmeti bo’lgan boshqaruv aktini o’zgartirish
yoki uni bekor qilish bilan yakunlanadi
3
.
1
Usanov V.E. Institut administrativnoy yustitsii v sisteme administrativnogo prava: Diss....kand. yurid. nauk.
– M., 1999. – S. 57.
2
Starilov Yu.N. Administrativnaya yustitsiya. Problemы teorii. – Voronej, 1998. – S. 97.
3
Usanov V.E. Institut administrativnoy yustitsii v sisteme administrativnogo prava: Diss....kand. yurid. nauk.
– M., 1999. – S. 72.