Birinchidan, fuqaro Samadov “Muddatli harbiy xizmatni
o’tayotgan harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish
tartibi to’g’risidagi” NIZOMning 14-bandining 4-qismiga ko’ra harbiy
qismga ariza bilan murojaat qilishi lozim edi.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to’g’risida” Qonunining 18-moddasiga
muvofiq davlat organi xodimi murojaatni tegishli organga ya’ni harbiy
qismga yuborishi va bu haqda fuqaroni xabardor etishi lozim edi.
Uchinchidan, ma’muriy sud shikoyatning asosli ekanligini
aniqlasa, shikoyatga
sabab
bo’lgan xatti-harakatni (qarorni)
g’ayriqonuniy deb hisoblab, fuqaroning talabini qondirish lozim deb
topadi. Uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini boshqa yo’llar bilan
qayta tiklaydi. Аgar shikoyat bilan murojaat qilgan shaxsning murojati
asossiz bo’lsa, uning talabi qondirilmaydi. Sudning hal qiluv qarori
qonuniy kuchga kirganidan keyin o’n kundan kechiktirmay tegishli
organ yoki mansabdor shaxsga, va fuqaroga yuboriladi.