Yuridik kollejlari


Mazkur holatga huquqiy baho bering



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Mazkur holatga huquqiy baho bering. 
 
2-masala 
2015-yil may oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
rahbariyati  Janubiy  Koreyaning  Inxa  universiteti  bilan  o’zaro 
hamkorlik  doirasida  ushbu  universitetning  professori Janubiy  Koreya 
fuqarosi  Min  Songni  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetida 
olti  oy  mobaynida  ma’ruza  mashg’ulotlarini  olib  borishga  jalb  etdi. 
TАTU  rektori  professorni  Toshkent  shahrida  turgan  joyi  bo’yicha 
ro’yxatdan  o’tkazish  masalalariga  shaxsan  o’zi  mas’ul  ekanligini 
ta’kidlab, ichki ishlar organiga bormaslikni ta’kidlab o’tdi.  
Professor  Min  Song  O’zbekistonga  kelib  Toshkent  axborot 
texnologiyalari universitetida pedagogik faoliyatini boshlaganidan bir 
oy  o’tgach,  Аndijon  davlat  universiteti  rahbariyatidan  ham 
universitetda  ma’ruza  o’qish  bo’yicha  taklif  tushdi.  Professor  Min 
Song bunga rozi bo’lib haftani har seshanba kuni Аndijonga borishni 
rejalashtirdi.  
2015-yilning  15-avgust  kuni  Toshkentdan  Аndijonga  o’zining 
O’zbekistonda  sotib  olgan  mashinasida  yo’lga  chiqdi.  Professor  Min 
Song  ichki  bojxona  postidan  o’tayotganda  “pasport  nazorati”  amalga 
oshirildi.  Tekshiruv  natijasida  Min  Song  tomonidan  pasport  tizimi 
qonunchiligi  buzilgani  va  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 
ruxsatnomasiz  mehnat  faoliyatini  amalga  oshirilganligi  aniqlandi. 
Professor  ushbu  masalada  TАTU  rektoriga  murojaat  qilishi 
lozimligini  aytib  o’tdi.  Lekin,  professorning  bu  talabi  inobatga 
olinmadi  va  uni  ish  beruvchi  mablag’lari  hisobidan  O’zbekiston 
Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  organlari  tomonidan  O’zbekiston 
Respublikasidan  chiqarib  yuborish  talabi  qo’yildi.  Bundan  norozi 
bo’lgan professor Min Song sudga shikoyat qildi.  

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin