Mazkur holatga huquqiy baho bering. 9-masala 2014-yil Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi
fuqaro А.Karimov va fuqaro H.Аzimovlar tadbirkorlik faoliyatida o’z
omadlarini sinab ko’rish maqsadida kitob sotish do’koni ochish taklifi
bilan yoshlikdan birga maktabda o’qigan sinfdoshi fuqaro
N.Murodovga taklif bildirishadi. Fuqaro N.Murodov esa ayni vaqtda,
Toshkent viloyatida bo’lim prokurori sifatida faoliyat yuritar edi.
Toshkent viloyati bo’lim prokurori N.Murodov ga bu taklif ma’qul
keladi va ular birgalikda “Kitoblar dunyosi” MChJni tashkil etishadi.
Bo’lim prokurori lavozimida ishlovchi fuqaro N.Murodov ishdan
bo’sh bo’lgan vaqtlarida o’z sinfdoshlari fuqaro А.Karimov va fuqaro
H.Аzimovlarga birgalikda tashkil etgan “Kitoblar dunyosi” MChJga
tashkiliy-huquqiy masalalarda yordam berib kelardi va buning evaziga
muayyan haq olib kelardi. Bundan xabar topgan Prokuratura organlari
ichki xavfsizlik inspeksiyasi bo’lim prokurori N.Murodovni mansab
vazifasini o’tash davrida “Kitoblar dunyosi” MChJni tashkil
etganlikda hamda kitoblarni oldi-sotdisi orqali tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanayotganlikda ayblab, unga nisbatan intizomiy chora
qo’llash haqida yuqori turuvchi prokurorga taqdimnoma kiritdi.