141
umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo’li bilan saylandi navbatdagi saylovlarda u etarli ovoz to’play
olmadi va deputatlikka saylanmadi.
Ichki ishlar organi xodimi Z.To’rakulov Toshkent shahridagi ish
bilan ta’minlashlarini so’rab bandlikka ko’maklashish markaziga va
o’zining avvalgi ish joyiga murojaat qilganida unga mazkur ish
(lavozim)da boshqa xodim faoliyat yuritayotganligini aytib ish
berishni rad etishdi.
Bundan norozi bo’lgan Z.To’rakulov “Аholini ish bilan
ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 9-modda (davlat organlaridagi
yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo’yiladigan
lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga
saylab qo’yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi
ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo’lmasa,
avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi)siga ko’ra uni ish ta’minlashga
majbur ekanligini ta’kidlab o’tadi.
Bandlikka ko’maklashish markazi xodimi esa Z.To’raqulovning
hozirgi holati Ichki ishlar organi xodimi bo’lishga noloyiq ekanligi,
ya’ni siyosiy partiyaga mansubligi va deputatlik faoliyati davrida
sog’lig’i yomonlashganini ta’kidlab o’tadi.
Dostları ilə paylaş: