Yuridik kollejlari


bilan qanday bog’liq jihatlari bor?



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

bilan qanday bog’liq jihatlari bor? 
Bizga  Ma’muriy  huquq  fanidan  ma’lumki,  davlat  xizmati 
ma’muriy  huquqning  asosiy  va  rivojlanib  borayotgan  institutlaridan 
biri  hisoblanib,  davlat  xizmatini  tashkil  etish  va  amalga  oshirish 
jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
ma’muriy-huquqiy me’yorlar yig’indisidan iboratdir. 


32 
Davlat  xizmati  ma’muriy  huquqning  asosiy  qismlaridan  biri 
bo’lib,  davlat  xizmatini  tashkil  etish  bosqichida,  shuningdek,  uning 
funksiyalanishida  deyarli  barcha  ma’muriy-huquqiy  institutlarni:  ijro 
hokimiyati,  davlat  boshqaruvi,  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish, 
ma’muriy huquq subyektlari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, 
ma’muriy-huquqiy  usul  va  shakllar,  davlat  majburlov  choralari,  ijro 
hokimiyati tizimida kontrol va nazorat va boshqalarni birlashtiradi. 
O’zbekiston  Respublikasining  mehnat  huquqi  (qonunchiligi) 
me’yorlari  davlat  xizmati  uchun  ma’lum  bir  kafolatlarni  o’rnatib 
beradi.  Mehnat  huquqi  me’yorlari:  davlat  xizmatchilari  bilan 
tuziladigan  mehnat  shartnomalari  (kontrakt)ni  tuzishni,  tanlov 
(konkurs)  asosida  lavozim  yoki  mansabni  egallashni,  xizmatchilarga 
nisbatan  qo’llaniladigan  intizomiy  javobgarlikni  va  uni  qo’llash 
tartibini belgilab beradi. Bundan tashqari, mehnat faoliyatidagi asosiy 
holatlar,  ya’ni  xizmatchilar  mehnat  faoliyatining  davomiyligini,  dam 
olishi,  mexnat  ta’tili,  ijtimoiy  ta’minot  masalalari  ham  mehnat 
qonunchiligi  bilan  tartibga  solinadi.  Mehnat  qonunchiligi  davlat 
xizmatida ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ham ta’minlaydi. 
Davlat xizmatini tartibga solishda jinoyat qonunchiligi me’yorlari 
ham  alohida  bir  o’rinni  egallaydi.  Jumladan,  mansabdor  shaxs 
tushunchasi, aynan shu qonunchilikda berilgandir. Davlat xizmatidagi 
korruptsiyaga  qarshi  kurashishda  jinoyat  qonunchiligi  me’yorlarining 
tutgan o’rni kattadir. 
Oxirgi  vaqtlarda  byudjet,  soliq,  bank  va  boshqa  moliyaviy 
munosabatlarning  rivojlanishi  davlat  xizmatini  tartibga  solishdagi 
moliya  qonunchiligining  ahamiyatini  yanada  oshirdi.  Davlatning 
moliyaviy  faoliyati  davlat  boshqaruvining  bir  ko’rinishi  bo’lganligi 
sababli  ham  davlatning  moliyaviy  faoliyati  davlat  xizmatchilari 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Huquqiy  tartibga  solish  usuliga  ko’ra 
moliya  qonunchiligi  ma’muriy  qonunchilikka  o’xshab  ketadi,  ya’ni 
bularning  ikkalasi  ham  davlat  hokimiyat  ko’rsatmalari  usuliga  va 
subyektlarning tengsizligiga egadir.  

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin