Yuridik kollejlari


ularning vazifalarini yoritib bering?



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

ularning vazifalarini yoritib bering? 
2016-yil 
16-sentabrda 
qabul 
qilingan 
O’zbekiston 
Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o’z huquqi doirasida 
fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini,  jamoat  tartibini, 
jamoat  xavfsizligini  muhofaza  qilishni  va  jinoyatchilikka  qarshi 
kurashni ta’minlaydi. 
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga va 
Hukumatiga bo’ysunadi. 
Vazirlik  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tuziladi 
va  tugatiladi,  so’ngra  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
tomonidan  tasdiqlanadi  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti, 
Oliy  Majlisit  va  Vazirlar  Mahkamasi  oldida  o’z  zimmasidagi 
vazifalarning  hal  etilishi  uchun  javob  beradi.  Vazirlik  o’z  faoliyatida 
siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlaridan mustaqildir. 
O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vaziri  O’zbekiston 
Respublikasi  Bosh  vazirining  taqdimnomasiga  binoan  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  lavozimiga  tasdiqlanadi  va 
lavozimidan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  ozod 
etiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  o’rinbosarlari 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
tomonidan 
lavozimiga 
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 


59
 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  ichki  ishlar  vaziri  O’zbekiston 
Respublikasi 
ichki 
ishlar 
vaziri 
bilan 
kelishilgan 
holda 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi  tomonidan 
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Toshkent  shahar  ichki  ishlar  bosh  boshqarmasi,  viloyatlar  ichki 
ishlar  boshqarmalari  va  transportdagi  ichki  ishlar  boshqarmasi 
boshliqlari  O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vaziri  tomonidan 
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Tumanlar  va  shaharlar  ichki  ishlar  boshqarmalari  (bo’limlari), 
tarmoq 
ichki 
ishlar 
boshqarmalari 
(bo’limlari) 
boshliqlari 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining,  Toshkent 
shahar  ichki  ishlar  bosh  boshqarmasi  boshlig’ining,  viloyatlar  ichki 
ishlar  boshqarmalari  va  transportdagi  ichki  ishlar  boshqarmasi 
boshliqlarining  taqdimnomalari  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi 
ichki  ishlar  vaziri  tomonidan  lavozimiga  tayinlanadi  va  lavozimidan 
ozod etiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin