64
3-topshiriq
Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligining Toshkent
oliy-harbiy texnika bilim yurtida professor-o’qituvchili lavozimini
egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo’lgan boshliqlar tarkibidagi
S.Namozov belgilangan chegaradagi yoshga to’lgan xodim sifatida
zaxiraga yoki iste’foga chiqishi lozim bo’lsada, u ishlab turib pensiya
olish huquqidan foydalanish fikrini bildirdi. Ichki ishlar vazirligining
Toshkent oliy-harbiy texnika bilim yurti kadrlari agar ishlab turib
mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan bo’lsa, ish haqi tarkibida va
pensiya miqdorida o’zgarishlar bo’lishi (ish haqining yarmi va
pensiyaning yarmi saqlanishi) to’g’risida ogohlantirdi. S.Namozov
o’zining professor ekanligini va shu erda ancha yildan beri xizmat
qilayotganligini aytib, kadrlar bo’limiga e’tiroz bildirdi.
Dostları ilə paylaş: