MUSTАQIL TАYYORLАNISH UCHUN VАZIFАLАR Quyidagi muammoli vaziyat(kazus) va nazariy savollarni mavzuga bog’lagan holda tahlil qiling. 1-topshiriq Toshkent shaxri Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Komilov K.
o’ziga qarashli er uchastkasida 6 xonadan iborat turar joy binosi qurdi.
Oradan 10 yil o’tgach fuqaro Komilov K.ning hovlisi joylashgan
hududdan avtomobil magistral yo’li qurish loyihasi davlat dasturiga
kiritildi. Mazkur holat bo’yicha hokimiyat vakili fuqaro Komilov K.ga
qarashli er o’rniga boshqa er berilishini, uy joy qurish uchun esa
mablag’ berilmasligini ta’kidlab o’tdi. Bundan norozi bo’lgan fuqaro
Toshkent shaxri Olmazor tuman hokimiyatiga uy qurish uchun
mablag’ ta’minlash yuzasidan murojaat qildi. Tuman hokimiyati
mas’ul xodimi murojaatni asossiz deb topib, sabab sifatida uyning
qurilishi ruxsatsiz amalga oshirilganini ma’lum qildi.