Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-topshiriq Fuqaro B. nodavlat o’quv markazi ochish maqsadida litsenziya
olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etdi. Lekin
inspeksiya litsenziya berishga oid mazkur ishni ko’rib chiqib
sabablarini keltirgan holda litsenziya berishni rad etish to’g’risida
qaror qabul qildi. Fuqaro B. litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi
qarorda ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, 7 kun ichida qayta
ko’rib chiqishga taqdim etdi. Inspeksiya tomonidan yana qayta yig’im
to’lash va rad etish to’g’risida qarorda ko’rsatilmagan boshqa
kamchiliklarni sabab qilib 30 kun mobaynida yana rad qilish
to’g’risida qaror chiqardi.