2-topshiriq 2017-yil Toshkent shahrida metro qurilishi munosabati bilan
“Bahromxon” MChJga tegishli oshxona buzildi. “Bahromxon” MChJ
raisining aytishicha, “Buzilgan oshxonamiz joyiga teng joy
berishmayapti. Beramiz, deb va’da qilishadi. Lekin qachon berishi
noma’lum. Biz loyihani 1849 m.kv. joyga moslab tayyorlaganmiz.
O’sha joyni bersa, keyin qurilish ishlarini boshlar edik. Hokimiyatga
ekspertizadan o’tkazilib, xulosasi olingan 1,6 mlrd so’mlik qiymat
bahosini ham berganmiz. Lekin haligacha javob olmadik”.
Hokimlikning ma’lum qilishicha, “Bahromxon” MChJga Yashnobod
tumanidagi davlat zaxirasidagi bo’sh er maydonlari taklif qilingan,
lekin
tashkilot
rahbariyati
ushbu
ko’rsatilgan
joylarni
ma’qullamasdan, balki Toshkent shahar “Rohat” aylanasi atrofida o’z
mijozlariga egaligi, boshqa joydan er olib qurgan taqdirda mijozlarini
yo’qotishi mumkinligini ta’kidlab, Toshkent shahar hokimligiga
murojaat qilgan va arizasi qanoatlantirilgan. Tadbirkorga “Rohat”
avtosaloni orqasidan 0,12 gektarli er maydoni ajratib berish to’g’risida
shahar hokimining qarori qabul qilingan. MChJga tegishli oshxona
buzilishidan oldin, 2018-yil 3-dekabrda Yashnobod tuman hokimi
vazifasini bajaruvchisi X.Tillashayxov imzosi bilan berilgan kafolat
xatida “tuman hokimiyati qoshida tuzilgan komissiya xulosasiga
asosan
buzilayotgan
mulkingiz
qiymatidan
kam
bo’lmagan
kompensatsiya turi ajratilishi kafolatlanadi” deb va’da berilgan. Lekin
hokimlik bergan ma’lumotnomada kompensatsiya puli haqida esa
hech narsa deyilmagan.