Yuridik kollejlari


MUSTАQIL TАYYORLАNISh UCHUN MАSАLАLАR



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

 
MUSTАQIL TАYYORLАNISh UCHUN MАSАLАLАR 
Quyidagi  muammoli  vaziyat(kazus)  va  nazariy  savollarni 
mavzuga bog’lagan holda tahlil qiling.  
 
1-topshiriq 
Samarqand  shahri  Buyuk  Ipak  yo’li  ko’chasi  72-uyda  yashovchi 
fuqarolarning ayrimlari “dom” oldidagi maydonda  yangi ko’p qavatli 
uy qurilayotganidan noroziligini bildirishdi. Mazkur norozilik 5 yildan 
buyon  davom  etayotgani,  quruvchilar  tomonidan  qurilish  ishlari 
noqonuniy  amalga  oshirilayotgani,  bolalar  maydonchasi  o’rnidan  uy 
qurish  mumkin  emasligi,  bu  mikrorayon  o’z  vaqtida  barcha  narsa 
hisobga  olinib  barpo  etilganini  aytishdi.  Qurilish  ishlarini  olib 
borayotgan  “Nurli  kelajak  ishonch  servis”  MChJ  vakili  B.  А.  va  ish 
boshqaruvchisi  Shavkat  Аslamovlarning  ma’lum  qilishicha,  mazkur 
10 sotixcha er qurilish ishlarini olib borayotgan shaxslarga bir paytlar 
110 kvadrat  metr  maydonga  ega  do’konlari  buzilgani  evaziga  tovon 
tariqasida berilgan. Bu shahar hokimi qarorida ham o’z aksini topgan. 
Qo’shni “dom”lardagi aholining aksariyati qurilishdan roziligi, MChJ 
tomonidan  mahalla  hududi  asfaltlanib,  obodonlashtirib  berilishini 
ta’kidlab o’tishdi. Аholi vakillari qurilish ishlari sobiq shahar hokimi 
F.  R.  tomonidan  ikki  bor  to’xtatilgani,  avvalgi  hokimning  er  ajratish 
to’g’risidagi  qarori  bekor  qilinganini  ham  aytib  berishdi.  Biroq, 
qurilish  ishlarini  olib  borayotgan  “Nurli  kelajak  ishonch  servis” 
korxonasi  mas’uli  B.  А.  sud  orqali  2015  yilda  qurilish  boshlashga 
ruxsat berilgan shaharning avvalgi hokimi Аkbar Shukurov tomonidan 
imzolangan  qaror  tiklanganini  aytib  o’tdi.  O’sha  qaror  bo’yicha 
dastlabki loyiha-qurilish hujjatlari bajarilgan. Loyihaga ko’ra 62-, 64-, 
66-  va  68-domlarga  yana  bittadan  podyezd  qurishga  ruxsat  berilgan. 
Barcha  hisob-kitoblar  va  chizmalar  shu  loyiha  bo’yicha  qilingan. 
Biroq 
bugunga 
kelib, 
aholi 
noroziliklaridan 
so’ng  loyiha 
o’zgartirilgan.  Endi  avvaldan  mavjud  “dom”larga  taqab  emas,  3 
podyezdli  ikkita  dom  alohida  quriladi  va  ulardan  biri  hozirgi  bolalar 


97
 
maydonchasi o’rnida qad rostlaydi. Bu quruvchilarning qo’lidagi bosh 
reja  bo’yicha  va  qazilayotgan  kotlovan  ana  shu  yangi  quriladigan 
domlarning  birinchisiniki.  Eski  loyiha  bo’yicha  barcha  hujjatlar 
qilingan.  Biroq  quruvchilar  aholi  noroziligidan  so’ng  yangi  reja 
bo’yicha qilingan loyihani ko’rsata olishmadi. Ya’ni, qurilish ishlarini 
amalga  oshirish  bo’yicha  Nurobod  tuman  ma’muriy  sudi  tomonidan 
qayta  tiklangan  qaror  bor,  lekin  loyiha-qurilish  hujjatlari  va  tegishli 
organlardan ruxsat yo’q. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin