Юридик меҳнат психологияси


Yuridik kasbining kasbgrammalariga psixologik tavsif



Yüklə 48 Kb.
səhifə2/3
tarix24.09.2023
ölçüsü48 Kb.
#129317
1   2   3
4.yuridik

Yuridik kasbining kasbgrammalariga psixologik tavsif.
Yurist mehnatining yuksak samaradorligi – uning shaxs sifatidagi fazilatlarini alohida e`tiborga olish hamda shaxsiy fazilatlari ushbu kasb talablariga javob berishini to`g`ri baholashni taqozo etadi. Yurist faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek unda ko`zga tashlanadigan insoniy sifatlarni kompleks tarzda aks ettiruvchi yuridik professiogrammalarini yaratish, ushbu faoliyat psixologik tahlilining asosiy talablaridandir.
Professiogrammalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Ijtimoiy faoliyat. O`zlariga topshirilgan uchastkada huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashning tashkilotchilari bo`lgan tergovchi, tezkor xodim, mehnat-axloq tuzatish muassasasi tarbiyachisi, prokuror faoliyatidagi siyosiy omil ijtimoiy faoliyat mazmunini tashkil etadi.Bu faoliyat jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, huquqiy targ`ibot, jinoyatchini qayta tarbiyalashda uning xulq-atvorini ijtimoiy talablarning me`yoriga bo`ysundirish kabilardan iborat.
2. Surishtiruv faoliyati kasb-korga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo`lgan ilk ma`lumotlarni yig`ishni bildiradi. Tergovchi, tezkor xodim sudya professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir.
Rekonstruktiv faoliyat. Bu jinoiy ish bo`yicha jami to`plangan ma`lumotlarning joriy va yakuniy tahlili bo`lib, uning sintezi va maxsus bilimlarga tayangan holda ishchi versiyalarini ilgari surish demakdir. Ishni rejalashtirish ham rekonstruktiv faoliyatning natijasi bo`lib hisoblanadi.
Kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati muomala jarayonida zarur ma`lumotlarni olishni anglatadi. Bu faoliyat ayniqsa, tergov mobaynida, advokatlar, tezkor xodimlar ishida katta ahamiyat kasb etadi.
Tashkiliy faoliyat ishchi versiyalar va rejalarni amalga oshirish chog`idagi irodaviy xatti-harakatlardan iboratdir. U ikkita omilga bo`linadi: professional masalani hal etish uchun o`zini va odamlarni safarbar etish.
Dalillash faoliyati – ish bo`yicha olingan barcha ma`lumotlarni qonunda ko`zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon etishni bildiradi.



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin