Yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkini sugurtalash



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#126752
  1   2   3
Sugurta. Ozodbek

Yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkini sugurtalash

6mm-20 guruhi talabasi

Musurmonov Ozodbek


1. Mol mulk sug'urtasi bo’yicha umumiy sug’urta
2.Jismoniy shaxslarning mol- mulkini sug’rtalash
3.Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug’rtalash
Reja:
Mol-mulk – mulkdor yoki uning ishonchli vakili egalik qilayotgan, foydalanayotgan, tasarruf etayotgan moddiy ob’ektlar yoki ashyolardir. SHaxsning yoki tashkilotning mol-mulki o‘z ichiga erni, binolarni, jihozlarni, bank hisobvaraqlarini, kiyim-kechaklarni, sanoat aksiyalarini, muzlatgich ichidagi narsalarni, yozilga asarga nisbatan mualliflik huquqlarini, avtomobillarni, ixtiro patentlarini va boshqa minglab boshqa narsalarni olishi mumkin.
Mulkdor o‘z egaligidagi ana shu mol-mulkdar olishi mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotish xavfi sug‘urta qilinishi mumkin. O‘ZR FK ning 128-moddasida sanab o‘tilgan mulkiy huquqlar va fuqarolik huquqlarining boshqa ob’ektlari ham sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanishi mumkin.
Mol-mulk sug‘urtasi – sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijro etish jarayoni bo‘lib, unga muvofiq sug‘urtalovchi shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga sug‘urtalangan mulkka etkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni to‘lash majburiyatini oladi.
Sug‘urta to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunda mulkiy sug‘urtalash quyidagi turlarga ajratilgan:
    • Er ustki transporti vositalarini sug‘urtalash (temir yo‘l transportidan tashqari);
    • temir yo‘l transporti vositalarini sug‘urtalash;
    • havo transporti vositlarini sug‘urtalash;
    • suv tarnsporti vositlarini sug‘urtalash;
    • yuklarni sug‘urtalash;
    • qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi (hosilni sug‘urtalash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ko‘p yillik o‘simliklarni, hayvonlarni sug‘urtalash);
    • yuridik shaxslarni sug‘urtalash (transport vositalarini sug‘urtalashdan va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasdan tashqari);
    • fuqarolar mol-mulkini sug‘urtalash (transport vositalaridan tashqari).

Mulkiy sug‘urta maqsadi – etkazilgan zarar uchun tovon to‘lashdan iborat. Zarar uchun tovon to‘lash taomili shundaki, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodsasi sodir bo‘lganidan, keyin ana shu hodisa vujudga kelmasdan avval qanday moliyaviy holatga ega bo‘lsa, o‘shanday holatga qaytarilishi zarur. SHu sababli sug‘urtalanayotgan mulkda ifodalangan sug‘urta qildiruvchining manfaati summasi, mulkning haqiqiy qiymati summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. SHu munosabat bilan sug‘urtalanyotgan mulkni baholash va uning sug‘urta qiymatini aniqlash muammosi yuzaga keladi.
Kontributsiya sug‘urta summasi asosida har bitta polis bo‘yicha mutanosib taqsimlash taomilida hisoblab chiqiladi.
Mulkiy sug‘urta shartnomalarida, xuddi sug‘urtaning boshqa turlaridagi shartnomalarda ham bo‘lgani kabi, ko‘pincha zararning bir qismini qoplashda sug‘urta qildiruvchining o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ko‘zda tutilishi mumkin. Bunday shaxsiy ishtirokning oddiy shakllaridan biri everij deb ataladi. U mutanosib sug‘urtalash shartlariga o‘xshab ketadi, ammo farqi shundaki, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtirokining miqdori sug‘urta shartnomasida har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha zararni qoplashdagi alohida hissa (foizlar) tarzida aniq aks ettiriladi. Masalan, agar etkazilgan zarar 1500 rublna tashkil etsa, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtiroki 20 foiz etib belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi faqat 1200 rublni to‘lab beradi.
Shaxsiy ishtirok etishning yana bir shakli - franshiza bo‘lib, unda sug‘urta qildiruvchi zararni qoplash bo‘yicha belgilangan muayyan summada ishtirok etadi. Franshiza - sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sug‘urta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza qo‘llanilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta badallarini to‘lash chog‘ida chegirmalar taqdim etiladi. Shartli va shartsiz franshizalar bo‘lishi mumkin.
Shartsiz franshiza o‘rnatilganda, sug‘urtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi. Franshizaning bu shakli yuklarni, tarnsport vositalarini va ombordagi tovqoarlarni sug‘urtalashda keng qo‘llanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi - “Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jamidan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 8 va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari haqlidir.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza-yuridik shaxslar ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo‘lmaydi va u to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasidan chegirib tashlanadi.
Yuridik shaxslarning hamda sug‘urtalovchi o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi.
Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslarning majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish uchun imkoniyat yaratib berish;
· Sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lash;
· Shartnoma tuzilayotganda sug‘urtalovchiga sug‘urta tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o‘ziga ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug‘urta ob’ekti bo‘yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug‘urta shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot berish;
· Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalangan mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun zarur choralarni ko‘rish va sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqida sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda xabar berish.
Yuridik shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi mumkin:
· butun mulkni va ayrim ob’ektlarni tomonlarning qo‘shimcha kelishuvi yoki yangi sug‘urta shartnomasi shartlari asosida qo‘shimcha sug‘urtalash;
· sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishini talab qilish;
· sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchidan sug‘urta masalalari borasida maslahatlar olish;
· sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
Yuridik shaxslar oldida sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi:
· shartnomada belgilangan muddatlarda sug‘urta polisini berish va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug‘urtalash qoidalari bilan tanishtirish;
· sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi dalolatnoma asosida sug‘urta qoplamasi to‘lash;
· sug‘urtalanuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda mahfiylikni ta’minlash.
Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi:
a) agar falokat sug‘urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud hatti-harakatlari tufayli yuz bergan;
b) basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi.
Shartnoma tomonlar unda kursatilgan majburiyatlarini bajarmay qo‘ygunlariga qadar kuchda bo‘ladi.
Тomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Agar sug‘urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishini ma’lum qilsa, sug‘urta mukofoti unga qaytarilmaydi.
Sug‘urta shartnomasi bekor qilinishini sug‘urtalovchi talab etgan takdirda:
a) sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi, bunda o‘tgan davrda qilingan xarajatlar sug‘urta mukofotidan ushlab qolinadi;
b) basharti sug‘urta shartnomasi bekor qilinishining talab etilishiga ushbu shartnomada kelishilgan shartlarning sug‘urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo‘lsa, faqat sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi.
Sug‘urta tovoni to‘lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin sug‘urtalanuvchining zarar yetkazilishi uchun javobgar shaxslarga nisbatan bo‘lgan huquqlari to‘langan pul mikdorida sug‘urtalovchiga o‘tadi. Bunda sug‘urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishi shart.
Sug‘urtalanuvchi zarar yetkazgan shaxsga bo‘lgan da’vosidan yoki unga nisbatan bo‘lgan talablarning amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek regress talabni qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishdan bosh tortganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lashdan ozod bo‘ladi.


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin