З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə13/166
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#129941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   166
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.

Présent de l’Indicatif
hozirgi zamon
forme affirmative (bo’lishli forma)
I. guruh “parler” (gapirmoq) fe’li

birlik

ko’plik

je parle – men gapiryapman
tu parles – sen gapiryapsan
il parle – u gapiryapti
elle parle – u gapiryapti

Nous parlons – biz gapiryapmiz
Vous parlez – siz gapiryapsiz
Ils parlent – ular gapiryaptilar
Elles parlent – ular gapiryaptilar

Fransuz tilida fe’llar tuslanishiga ko’ra uchta guruhga bo’linadi. Noaniq formasi (infinitif) “er” bilan tugagan fe’llar birinchi guruhga kiradi.


Birinchi guruh fe’llarini Présent de l’Indicatif da tuslash uchun, infinitifdagi oxirgi “er” qo’shimchasi o’rniga quyidagi shaxs va son qo’shimchalari qo’shiladi.
birlik ko’plik
I shaxs – e I shaxs – ons
II shaxs – es II shaxs – ez
III shaxs – e III shaxs – ent
écouter – quloq solmoq, eshitmoq
J’écoute nous écoutons
tu écoutes vous écoutez
il écoute ils écoutent
elle écoute elles écoutent


Otlarda ko’plik sonning yasalishi.
Otlarning ko’plik shaklini yasash uchun birlik sondagi ot oxiriga “s” harfi qo’shiladi va birlik formadagi (le, la, l’) artikl o’rniga ko’plik sondagi “les” artikli ishlatiladi. Ko’plik belgisi bo’lgan “s” harfi o’qilmaydi.
birlik ko’plik
la table – stol les tables – stollar
le livre – kitob les livres – kitoblar
l’étudiant – student les étudiants – studentlar
l’homme – odam les hommes – odamlar
Birlikda s,x,z harflaridan biri bilan tugagan otlar ko’plikda o’zgarmaydi.
birlik ko’plik
le tapis – gilam les tapis – gilamlar
le pays – mamlakat les pays – mamlakatlar
la voix – ovoz les voix – ovozlar
le nez – burun les nez – burunlar
Birlikda “eau” harf birikmasi bilan tugagan otlar oxiriga ko’plik sonda “x” harfi yoziladi.
birlik ko’plik
le chapeau – shilyapa les chapeaux – shilyapalar
le tableau – doska les tableaux – doskalar
Birlikda “al” harflari bilan tugagan otlar, ko’plikda “al” o’rniga “aux” qo’shimchasiga o`zgaradi.
birlik ko’plik
le cheval – ot les chevaux – otlar

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin