Urg’usiz kishilik olmoshlari yordamchi so’z bo’lib, u faqat fe’l bilan birga qo’llanadi.
Gapda ega vazifasida kelgan urg’usiz kishilik olmoshlari fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz formalarida fe’l oldida bo’ladi, so’roq formasida esa fe’ldan keyin keladi.
Ex: Nous lisons ce livre. Nous ne lisons pas ce livre. Lisons- nous ce livre?
Gapda to’ldiruvchi vazifasida kelgan urg’usiz kishilik olmshlari fe’lning bo’lishli, bo’lishsiz va so’roq formalarida fe’l oldida keladi. Agar gapda ikkita to’ldiruvchi vazifasida kelgan kishilik olmoshi bo’lsa, ilgari vositali, keyin vositasiz to’ldiruvchi qo’llanadi.
Ex: Voici un livre: Il me le montre. Voici les livres: Karim vous les donne.
Agar ikkala to’ldiruvchi vazifasida kelgan kishilik olmoshlari 3 – shaxsda bo’lsa birinchi vositasiz, keyin esa vositali to’ldiruvchi vazifasida kelgan kishilik olmoshi qo’llanadi.
Ex: Nous la lui expliquons. Vous les leur donnez.
Fe’lning buyruq formasida esa to’ldiruvchi vazifasida kelgan kishilik olmoshlari fe’ldan keyin keladi.
Ex: Ecrivez la lui!
Buyruqning bo’lishsiz formasida to’ldiruvchi vazifasida kelgan kishilik olmoshlari fe’l oldida bo’ladi.
Ex: Donnez la lui! (bo’lishli); Ne la lui donnez pas! (bo’lishsiz).