Yarmarka
— bu namunalarning xalqaro iqtisodiy ko‘rgazma-
si bo‘lib, u, nomlanishidan qat’i nazar, o'tkazilayotgan mamlakat
urf-odatlariga muvofiq keng iste’mol tovarlari yoki asbob-uskunalar
yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning o'zida chegaralangan vaqt
davomida belgilangan muddatlarda bo‘lib o ‘tadi va unda eksponent-
larga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o ‘z
mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda
olib chiqqan holda savdo qilishga ruxsat etiladi.
K o‘rgazma va yarmarkalarning asosiy ustunliklaridan biri shuki,
ularda, qoidaga ko‘ra, turli mamlakatlardan turli ishlab chiqaruv-
chilarning juda ko‘p sonli tovar namunalari mujassam topadi. Bu
esa xaridorga qisqa vaqt ichida bozorda mavjud bo‘lgan takliflar bi
lan tanishib chiqish, mutaxassislardan zarur maslahatlar olish, narx
150
va sifat tavsifnomalarini kerakli tarzda taqqoslash, muzokaralar
o'tkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va, nihoyat, shartnoma
imzolash imkonini beradi. Bunda xaridor yangi mahsulot bilan ishchi
ko‘rinishda tanishish, u bilan ishlash usullarini, qoilanish sohasi va
samaradorligini o'rganish imkoniyatiga ega b o iib , bu mashina va as-
bob-uskunalar xarid qilishda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
K o'rgazm ada ishtirok etish eksponentlarga o ‘z korxonasining
ham kommunikatsion, ham narx shakllantirish, ham sotuv, ham to
var siyosatini bir vaqtning o ‘zida amalga oshirish imkonini beradi.
Marketing vositalaridan boshqa birontasi korxona va uning mahsu-
lotlarini butun boricha to iiq namoyish etish va shu bilan bir paytda
mijozlar bilan shaxsiy aloqalar o ‘rnatish imkoniyatini taqdim eta ol-
maydi.
Innovatsion mahsulotlarni siljitish bo ‘yicha bu ko ‘rgazmalarda
tuziladigan asosiy tijorat bitimlari quyidagilardir:
- shartnomalarning asosiy turi - bu tovarni kelgusida yetkazib
bergan holda namoyish etilayotgan namunalar (shuningdek, model-
lar, chizmalar va kataloglar) b o ‘yicha bitimlar;
- bitimlarning boshqa turi - bu eksponatlarning o ‘zini: mashina
va asbob-uskunalarni, uzoq muddat foydalaniladigan predmetlar va
keng iste’mol tovarlarining ayrim turlarini sotishdir. Bunday bitim
lar tuzishda xaridor xarid qilingan tovarni mos keluvchi ko'rgazm a
yoki yarmarka yopilganidan so'ng olib ketishi kelishib olinadi.
Eksponentlarning aksariyati ko‘rgazmada ishtirok etishni mar
keting siyosatining ajralmas bir tarkibiy qismi deb hisoblaydi.
Marketing vositasi sifatida ko‘rgazmalar korxona uchun marke
ting tadbirlari xarajatlarini optimallashtirishni anglatadi, chunki
ko‘p funksionalli ahamiyatga ega b o ia d i. K o‘rgazmalar, shuning
dek, marketing strategiyasini shakllantirish uchun ko'plab zaruriy
boshlangich nuqtalar berishi mumkin. Bu ko'rgazm alarning ayrim
funksiyalariga to ‘xtalib o ‘tadigan b o isa k , yanada aniqroq m a iu m
b o ia d i:
- k o ‘rgazmalar maqsadli bozorlaming o ‘ziga xos ko ‘zgusi hi
soblanadi;
151
- ko‘rgazmalar yorqin, hayajonli hodisa hisoblanadi hamda po
tensial xaridorlar va hamkorlarni o ‘ziga jalb qiladi;
- ko'rgazmalar bozor haqida axborot to ‘plashga imkon beradi;
- ko ‘rgazmalar yangi bozorlarni yanada ochiqroq qiladi;
- ko‘rgazmalar narx va erishiladigan natijani to 'g ‘ridan to‘g'ri
taqqoslashga imkon beradi;
- ko‘rgazmalar intensiv axborot almashinishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ko'rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish
haqidagi qaror ularni o ‘tkazish joyi, ehtimoliy auditoriya tarkibi,
ko'rgazmaning tarmoqdagi nufuzi, tashkilotchilarning kerakli sha-
roitlarni ta’minlash qobiliyati, ko‘rgazma maydonlari qiymati, kuti-
layotgan qatnashchilar va ularning soni kabi mezonlar asosida qabul
qilinadi.
Ushbu ko‘rgazmada o ‘tgan yillar tajribasi (tuzilgan bitimlar
soni), tashkilotchilar tomonidan o ‘tkazilgan tadbirlar (simpoziumlar
va h.k.) va ularning natijalari bo'yicha ishbilarmonlik faolligi xarak-
teri hisobga olinadi.
Firmaning ko ‘rgazmada ishtirok etishi reklamasi ham u qatorga
kiradigan qo‘shimcha tadbirlar xarajatlari istalgan holda ham re-
jalashtirilgan bo‘lishi lozim. K o‘rgazma tashkilotchilari reklamasi
tashrif buyuruvehilami faqat ko‘rgazma hududiga olib keladi, eks-
ponent reklamasi esa ularni yanada uzoqroq, korxona stendi tomon
yetaklaydi.
Eksponatlar namoyishi vizual axborot olishga imkon beradi, bi
roq ushbu tovarlar ustunliklarini amaliy o ‘zlashtirish vizual qabul
qilingan axborotdan ustunlik qilishi va bevosita muloqotga olib ke-
lishi lozim.
K o‘rgazmaiar boshqa hech qaysi axborot vositalarida k o ‘rilma-
gan darajada maqsadli guruhlar ichida bevosita reaksiyaga olib ke
ladi va bozorni tahlil qilish uchun to ‘g ‘ridan to‘g'ri dalillar bera
di. K o‘rgazma hodisa sifatida belgilangan zamon va makon bilan
bog‘liq ekanligi sababli undagi muvaffaqiyat ham aniq o ‘lchanishi
va baholanishi mumkin.
152
|