Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə122/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Markaziy analgeziya.
Markaziy analgeziya qayta tiklash mexanizmlarining jismoniy asoslari shundan iboratki, chastotalar bo'yicha impulsli toklarni tanlab ta’sir ko'rsatish ostida markaziy asab tizimida miya ritmlari depressiyasini tarqatuvchi qismlar shakllanadi. (E.S.Kastrubin hammualliflikda, 1979-yil). Natijada bosh miya katta yarimsharlari qobig‘ida o‘z-o‘zini tartiblash jarayonlari uchun kulay sharoit yaratiladi, turli stress holatlarida organizmning hayot uchun muhim bo'lgan qismlarining neyrovegetativ himoyasi ta’minlanadi. (V.P.Nekrasov, N.A.Xudadov)
Markaziy analgeziya uchun PELANA (elektroanalgeziya uskunasi) yoki LENAR (davolash elektronarkozi), shuningdek (DZYeN-TRYeNYeR) kabi sanoat uskunalaridan foydalaniladi. Ular impulslarni 500-12.00Gts (PELANA) va 500-2000Gts (LENAR) gacha harakatga keltiradi.
Markaziy analgeziyani qollash qayta tiklashning verbal usullari va vibratsion massaj (maxsus massaj kursida) bilan qo'shib olib borilganda yanada yaxshiroq samara beradi.
Elektromassaj. Ushbu atama ostida turli mushak guruhlariga uncha kuchli bo'lmagan tok orqali imluls ta’sir ko‘rsatish usullari kompleksi tushuniladi (bunda tok kuchi 650 mkA dan oshmasligi kerak).
Elektropunktura terining elektroaktiv qoplami nuqtalariga kuchsiz doimiy tok bilan ta’sir ko‘rsatish va rag‘batlantirishdan iboratdir. Ushbu nuqtalarni topish maxsus atlaslar va ushbu tana qismlari terisining qarshiligini o‘lchovchi asboblar yordamida aniqlanadi. Terining elektrfaol nuqtalariga ta’sir ko‘rsatish markaziy va vegetativ asab tizimidagi qo‘zg‘aluvchanlik va tormozlanish disbalansini bartaraf etishga yordam beradi.(A.L. Popov. 1988 yil.)

  1. Psixologik iqlim psixogigiyena omili sifatida

Psixologik iqlim atamasi — bu shaxslararo munosabatlar tizimini (kimnidir yoqtirish yoki yoqtirmaslik), shuningdek kishilarning o‘zaro hamkorligini (taqlid qilish, his tuyg‘ulariga hamdard bo‘lish, identifikatsiya, refleksiya), o‘zaro bir-biriga qo‘yadigan talablarini, kayfiyatini, hamkorlikdagi faoliyati uslubini, aqliy, emotsional va irodaviy yaxlitligini qamrab oladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin