Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


КЙА Ы.'&’/Л Liberal boshqaruv



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə41/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

КЙА Ы.'&’/Л
Liberal boshqaruv uslubi murabbiyning jamoa faoliyatiga juda kam aralashishi bilan izohlanadi. Bunday murabbiy odatda mashg‘ulotlar jarayonida mashqlar va qiyinchiliklarni tanlashda o‘z qo‘l ostidagilarga keng erkinlik beradi. Sportchilarga maksimal darajadagi mustaqillikni berib, aksariyat hollarda o‘zi ham “ularning izmida” bo‘ladi. BCD Sportchilarning shaxsiy munosabatlarini yaxshi bilmaydi. O’z qo‘1 ostidagi yetakchi va muayyan obro‘ga ega sportchilarning fikr - mulohazalariga quloq soladi. Liberal murabbiyning sportchilar bilan muloqotida talab, maslahat, tavsiyalar deyarli bo'lmaydi. Ularning o‘rnini iltimos va kelishuvlar egallaydi. Qo‘l ostidagilar tomonidan intizomni buzish, topshiriqlarni bajarmaslikka oid har qanday tushuntirishlarni u hech qanday tanqidiy baholarsiz qabul qilaveradi.
Liberal murabbiyning shaxsiy fazilatlari: kirishimli, bosiq, birovni xafa qilmaydigan, xushmuomala, xayrixoh, muomalada juda sodda, talabchanlikdan holi, haddan ziyod bag‘rikeng.
Yuqorida jamoani boshqarishning bir-biridan keskin farq qiluvchi 3 ta uslubi keltirildi. Biroq, ulardan qaysi biri jamoani tarbiyalash, o‘qitish, uning sport natijalarini yuksaltirish va hokazolar borasida samaraliroq degan haqli savol tug'iladi. Quyida biz ularning har biri haqida muayyan xulosalarni chiqaramiz.
Masalan, avtokratik boshqaruv uslubi bola va o‘smir yoshidagi sportchilar bilan ishlash jarayonida u qadar samarali emas, deb topilgan. Sababi, bu uslub mashg‘ulotda ishtirok etayotgan sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishlariga imkoniyat bermaydi. Biroq, sport musobaqalarining ekstremal vaziyatlarida muayyan natijalarni qo‘lga kiritish uchun qisqa vaqt ajratilgan va qat’iy qarorlar qabul qiiish lozim bo‘lgan vaziyatlarda ushbu uslub jamoaning muvaffaqiyatli tarzda guruh bo‘lib harakatlanishiga yordam berishi mumkin.
Ba’zida yuqori toifali sportchilarning o‘zlari avtokratik rahbarlarni o‘zlariga ma’gul ko’radilar va ularni saylaydilar. Binobarin, bunday rahbarlar sportchilar uchun shaxsiy mas’uliyat hissini yengillashtirib, maqsadga nisbatan oddiyroq yo‘1 bilan borish imkoniyatini yaratadilar (V.Paranosich va L.Lazarevich).
Demokratik boshqaruv uslubi bolalar va o'smirlar sport maktablari murabbiyllari uchun nihoyatda samaralidir. Zero, bu uslub yoshlar va o‘smirlar bilan ishlash uchun nihoyatda qulay. Chunki ushbu uslubni qo‘llash sportchilarda shaxs sifatidagi fazilatlarni rivojlantirishga, ularning ishidagi tashabbuskorligini hamda uyushgan jamoani tashkil qiiish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Biroq, bu uslubdan turli muhokama va munozaralarga vaqt bo‘lmagan, juda zudlik bilan yagona va hamma uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlarni qabul qiiish kerak bo‘ladigan vaziyatlarda foydalanib bo'lmaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida faqat liberal uslubdan foydalanish ham yaxshi natija bermaydi. Sababi, bunday ish yuritish orqali murabbiy o‘z qo‘l ostidagilari oldida katta obro‘-e’tibor qozona olmaydi. Bu esa o‘z navbatida murabbiyning ish faoliyatiga, uning jamoani boshqaruviga, shuningdek jamoani uyushtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qiladi.
Liberal uslubdan qisman, shunda ham boshqa uslublar bilan birgalikda, masalan, sportchilarni reabilitatsiya qilayotgan paytda, ularni psixik zo'riqishdan xalos etish paytida yoki sportchilar jarohat olgan paytlarida foydalanish mumkin.
Yuqorida bayon etilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport jamoasining boshqaruv uslublari orasidan murabbiy sportchilarning yoshini, shaxsiy fazilatlarini, mashq va musobaqalar jarayonida yuzaga keladigan muayyan vaziyatlarni hisobga olgan holda eng samaralisini tanlab olish, shuningdek bunda jamoaning rivojlanish darajasi va sportchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini hisobga olishi lozim.

  1. Murabbiy — sportchi” tizimidagi munosabatlarning


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin