0g‘riqli finish sindromi, o'limdan qo'rqish. Mashg‘ulotlar jarayonida sportchida psixologik barqarorlik, psixologik ishonchlilik va mashqlangan holati cho‘qqisini shakllantirish
Sportchilarni musobaqaga tayyorlash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilar mas’uliyatli musobaqalar sharoitlarida hamma vaqt ham o‘zlarining bor imkoniyatlarini to‘la amalga oshiravermaydilar: sport natijalari aksariyat hollarda sportchining (jamoaning) potentsial imkoniyatlariga muvofiq kelmaydi; musobaqalardagi chiqishlarda ba’zan (mashg‘ulotdagiga nisbatan) sport natijalarining pasayishi kuzatiladi; ko‘pincha sportchilar ko‘rsatadigan natijalar ularning tayyorgarligini hisobga olgan holda obyektiv chiqarilgan bashoratlarga muvofiq kelmaydi; musobaqaning eng mas’uliyatli paytlarida sportchilar tomonidan eng oddiy, elementar xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi va hokazo. Bularning barchasi tayyorgarlik mashg‘ulotlarida sportchilarning psixologik barqarorligini, psixik ishonchliligini hamda doimiy sport formasida bo‘lishini shakllantirish yuzasidan maxsus dasturlarning yo'qligi bilan izohlanadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib A.V.Rodionov va V.R.Malkinlar tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi 3 ta dastur alohida e’tiborga molikdir. dastur: Sportchini psixologik barqarorlikning optimal darajasiga olib chiqish.