Sportchining psixomotorik xususiyatlarini tadqiq etish usullari. Sportchining psixomotorik sifatlari rivojining darajasi uning tezligi va ko'rinib turgan diskret va indiskret (harakatlanuvchi) signallarni taqdim etish sharoitlaridagi sensomotor reaksiyalarining aniqligi bo'yicha baholanadi. Buning uchun turli-tuman refleksometrlar yoki maxsus kompyuter dasturlari qollaniladi. Quyida kompyuter psixodiagnostikani variantlaridan birini keltiramiz. Ushbu dastur bo‘yicha quyidagi o'lchovlar amalga oshiriladi:
Oddiy psixik reaksiya. Bunda sinalayotgan shaxs kompyuter klaviaturasining tugmachasini bosish orqali monitorning ko‘k ekranida hosil bo‘lgan shartli signal (yashil to‘g‘ri to‘rtburchak) ga reaksiya bildirishi lozim. Bunda ikki signal oralig‘idagi vaqt intervallari 2 dan 5 soniyagacha bo‘lishi hamda kompyuter orqali tasodifiy raqamlar jadvali bo‘yicha aniqlanishi kerak. Bunda kamida quyidagilar aniqlanadi: reaksiyaning o‘rtacha tezligi (x), standart chekinish (sigma) va o‘rtacha ahamiyatli xato.
Signalning “Yaqinlashib kelishi” ga nisbatan oddiy reaksiya (yashil rangli to'g'ri to‘rtburchak hajmlarining kutilmaganda kattalashishi). Tajribaning bu turkumida sinalayotgan shaxsning doimiy kuzatuvidagi ob’ektning yaqinlashib kelishidagi harakatlari modellashtirilgan (masalan, futbolda to‘pning, boksda esa raqib mushtining va hokazo).
Oddiy reaksiya boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin: yashil kvadratning bir tomonga qarab kattalasha borishiga qarab reaksiya qiiish, signalga, ya’ni tovushga reaksiya bildirish, ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash yuqorida ko'rsatilgan tarzda amalga oshiriladi.
Tanlash reaksiyasining birinchi varianti. Bunda sinalayotgan shaxs ko‘k rangli to'rtburchakning paydo bo‘lishiga reaksiya bildirib, sariq rangli to'rtburchakning paydo boMishiga reaksiya bildirmasdan, befarq qolishi kerak. Reaksiya bildirishda xatoliklar yuz bergan holda kompyuter ijobiy rag‘batlar sonini zarur miqdorgacha, masalan, o'ngacha yetkazishi mumkin. Bunda yuqoridagi kabi statistik kattaliklar hamda xatolar soni va xato reaksiyalar vaqti hisobga olinadi. .
Tanlash reaksiyasining ikkinchi varianti. Sinovdagi shaxs yashil rangli to‘g‘ri to'rtburchakning e’tibor markazida tezlik bilan kattalashib borishiga reaksiya bildirishi, ammo uning markazdan turli tomonlarga (chapga, o‘ngga, balandga, pastga) qarab kattalashishiga e’tibor qaratmasligi kerak. Bu bilan idrok qilinayotgan ob’ektga nisbatan masofaning kutilmaganda qisqarishi modellashtiriladi (masalan, raqib mushtlarining yaqinlashib kelayotgan harakatiga).
Tanlash reaksiyasining uchinchi varianti. Bunda sinalayotgan shaxs monitor ekranining o‘ng yoki chap tomonida paydo bo'layotgan to‘g‘ri to‘rtburchaklarga tegishli boshqaruv klavishlarini bosish orqali reaksiya bildirib, ularni kursor bilan “@” yoki bilan boshqarishi lozim. Tajribaning boshqa shartlari xuddi avvalgilari kabidir.
Antitsipatsiyalovchi reaksiyaning birinchi varianti. Monitor ekranining chap yoki o‘ng tomonida kursor paydo bo‘lib, u ekranni
5 sekund tezlikda doimiy ravishda kesib o‘tadi. Sinalayotgan shaxs klavishni bosish orqali displey markazida ifodalangan kursorning kesib o‘tish chizig‘ini qayd etishi lozim. Bunda u antitsipatsiya mexanizmlariga asosan oldindan harakat qil'shi kerak. Antitsipatsiya reaksiyasining konstant xatolari qayd qilib boriladi. Statistik kattaliklar ana shu konstant xatolarga nisbatan hisoblanadi.
Antitsipatsiyalovchi reaksiyaning ikkinchi varianti. Monitor ekranida kursor doimiy tezlashib borish orqali harakat qilmoqda. Uning tezligi bosib o‘tgan yo‘lining uchdan bir qismi qolganda yana tezlashadi. Antitsipatsiyaning bu varianti birinchisiga nisbatan ancha murakkabdir.
Antitsipatsiyalovchi reaksiyaning uchinchi varianti. Bunda qalin chiziq ko‘rinishidagi kursor ijobiy stimul, ingichka chiziq ko‘rinishidagisi esa yolg‘on (tormozlovchi) stimul hisoblanadi. Statistik kattaliklar konstant xatolarga nisbatan hamda tormozlovchi stimulga nisbatan reaksiya bildirishdagi xatolarga ko‘ra hisoblanadi.