Ma'lumotni qayta ishlash tezligini tadqiq etish usuli. Yuqori sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan sportchining axborotni qayta ishlash qobiliyatiga bog‘liqdir.
Sportchining idrok tezligi va axborotni qayta ishlash tezligini baholash uchun sport psixologiyasida qabul qilingan korrekturali test uslubi qoMlaniladi. Kartrij jadvali diametri 4-5 mm. bo‘lgan 660 ta halqadan iborat. Ushbu halqalar turli yo‘nalishlarga va uzilishlarga ega bo‘lib ular tasodifiy tartibda joylashtirilgandir. Ularni hisoblash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
s=358.8-2.807n _ bit
T soniya.
Bunda: S-ma’lumotni qabul qiiish tezligi n-xatolar soni
Test ikki marotaba 5 daqiqalik interval bilan o‘tkaziladi har ikki seriyaning natijalarini qiyoslash quyidagi ko‘rsatkichlarini beradi:
Ikkinchi seriyadagi axborot qabul qiiish tezligining pasayishi diqqat jadalligining pasayganligidan dalolat beradi, bu esa psixik ishchanlik qobiliyatining yetarli emasligini ko‘rsatadi;
Ikkinchi seriyadagi tezlikning oshishi uzoq muddatli “ishchanlik” dan dalolat beradi;
Har ikki seriyaning o'rtacha miqdori idrok tezligining va ko‘rish orqali olingan axborotning qayta ishlash tezligining absolyut (mutlaq) bahosini beradi.
Psixodiagnostika testlari
Qobiliyatni aniqlash testlari. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash testlari kishidagi alohida faoliyat turlariga bo'lgan moyillikni aniqlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Ulardan kasbiy tanlash va kasbga yo‘naltirish masalalarini hal etish paytida foydalaniladi.
Odatda maxsus qobiliyatlar quyidagi ikkita asosga ko‘ra tasniflanadi:
psixik funksiyalar turiga ko‘ra (motor funksiyalar, sensor funksiyalar);
faoliyat turlariga ko‘ra.
Ushbu guruhlarga muvofiq tarzda diagnostika usullari ishlab chiqiladi.
Yutuqlarni aniqlash testlari. Agar qobiliyatni aniqlash testlari u yoki bu faoliyatni bajarish lozimligini oldindan aytishga xizmat qilsa va biror-bir shaxs (individ) tomonidan u yoki bu maxsus o‘quv kursini o‘tashning maqsadga muvofiqligini baholash yoki uning yangi vaziyatlardagi, masalan biror-bir kasbni egallashdagi yutuqlari darajasini oldindan aytish uchun qoilanilsa, yutuqlarni aniqlash testlari odatda shaxsning o'rgatish tugallagandan keyingi yakuniy yutuqlariga baho beradi. Ularda asosiy e’tibor shaxs ayni paytda nimalar qilishga qodir ekanligini aniqlashga qaratiladi.
Bunday testlar bir necha vazifalarni bajaradi:
keyingi mashg‘ulotlarning yo‘nalishlarini aytib berish;
o‘quvchi, sportchilar va hokazolarning motivatsiyasini ta’minlash;
o‘qitish jarayonini shaxs(individ)ning ehtiyojlariga moslashtirishga yordam berish.
Standartlashiirilgan o‘z-o‘zigahisobotlar. Ushbu usullarguruhio‘z tarkibiga savolnoma-testlar, ochiq savolnomalar, shkalali texnikalar, ideografik texnikalar kabi usullar turlarini qamrab oladi. Ularning barchasi bitta uslubiy tamoyilga bo‘ysunadi: tajriba o'tkazuvchi shaxs to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘sha shaxsning o‘zidan, uning o‘z-o‘zini nazorat qilib borishining amaliy natijasi sifatida olishi lozim.
Quyida ushbu usullarning qisqacha tavsifini keltiramiz:
Savolnoma-testlar o‘ziga xos banalarni taqdim etib (ushbu bandlar ba’zan savollar, ba’zan hukmlar tarzida boiadi) sinovdagi shaxs ularga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi (ularda bir yo‘la ikki-uchta muqobil javoblar beriladi). Yagona psixologik o‘zgaruvchan fikr (yoki boshqacha qilib aytganda, o'lchanayotgan xususivat) esa bir necha bandlar guruhi tarzida beriladi (kamida 6-7 ta guruh). Bandlar subyektning shaxsiy tajribasiga bevosita tegishli bo‘lishi ham (“Siz qorong'ulikdan qo‘rqasizmi?”) bo‘lmasligi ham (“Dunyodagi hamma odamlar halol va vijdonlimi?”) mumkin. Savolnomalar bir o‘lchamli, ya’ni shaxsning faqat bitta xususiyatini o‘lchashga mo‘ljallangan boiishi, shuningdek, ko‘p oichamli—uning bir nechta xususiyatlarini o‘lchaydigan ham bo‘lishi mumkin.
Savolnoma-testlar yordamida shaxsni o‘rganishning quyidagi jihatlari aniqlanadi:
shaxsning belgilarini yoki omillarini aniqlashga asoslangan yondoshuv (masalan, Kettel savolnomasi);
tipologik yondoshuv (tiplarni aniqlash asosidagi, masalan MMR1 testi).
'2.Ochiq savolnomalar sinovda ishtirok etayotgan shaxsning standart javob berishini ko'zda tutmaydi; standart ishlov berishga uning ixtiyoriy javoblarini standart kategoriyalar bilan taqqoslash orqali erishiladi.