Ekspressiyani o‘rganish usullari (dastxat tahlili, nutqdagi o‘ziga xos jihatlarning tahlili.)
5.Ijod mahsulotlarini o‘rganish usullari. Bunda talqinlar predmeti bo‘lib so‘ralayotgan kishining o‘zi chizgan rasmlar hisoblanadi (“Uy, daraxt, odam”, “Avtoportret”, “hayotda mavjud bo'lmagan hayvonlar”).
Shaxsni aniqlash testlari.
Shaxsni aniqlash testlari harakat hamda vaziyat testlariga bo‘linadi.
Harakat testlari so‘ralayotgan kishi, ya’ni respondentni muayyan bir vazifani bajarishga yo‘naltiradi. Ya’ni bunda respondent oldiga maqsadli vazifa qo‘yilib, uni bajarish talab etiladi, biroq undan bunday holatlarda odatiy xatti-harakatlar qanday bo'lishi so‘ralmaydi (masalan, so‘rovnomonlardagi kabi). Ushbu testlarning maqsadlari ma’lum ma’noda niqoblangan, ya’ni yashiringandir. Chunki individ o‘zining harakatlarining qaysi jihatlari baholanayotganini anglab yetmaydi. Sinovga jalb etilgan shaxsning oldiga qo‘yilayotgan vazifalari tarkiblashtirilgandir va ularning loyihaviy usullarda qo‘llaniladigan vazifalardan farqi ham aynan mana shundadir. Aksariyat testlar sinovdagi shaxs tomonidan uning qobilyatlarini tekshirish sifatida idrok etiladi va bunda u (hamma javoblar ham birdek “yaxshi” deb hisoblanuvchi loyihaviy usullardan farqli o‘laroq) “to‘g‘ri” javoblarni berishga harakat qilishi kerak.
Vaziyat testlari sinovga jalb etilgan shaxsning real hayotdagi juda yaqin holatga keltirishni yoki real hayotni imitatsiya qilishni ko‘zda tutadi. Masalan, sinov ostidagi kishiga his-hayajon, xavf- xatarni keltirib chiqaruvchi bir qator vazifalarni tavsiya qilishadi hamda ushbu vazifalarning bajarilishini ob’ektiv ravishda qayd etishadi (stress testlarida).
Sportchi shaxsining psixodiagnostikasi
Sportchilarni tayyorlashda psixologiyaning o'rni o‘ta muhimligini anglab yetish tufayli shaxsni tajribaviy-psixologik tadqiq etishning ahamiyati ham tobora oshib bormoqda.
Eng ommabop ko‘p o‘lchamli savolnoma sifatida Minnesot ko‘pfazali shaxsga oid ro‘yxatini tilga olish mumkin (MMR-1). Mazkur savolnoma o‘tgan asrning 50-yillarida Amerikalik psixologlar
S.Xatuey va J.Mak-Kinlilar tomonidan ishlab chiqilgan hamda sport amaliyotida keng tarqalgandir. Ushbu savolnomaning asl variantida 566 ta qat’iy hukmni tasdiqlovchi iboralar bo‘lib, ularning bahosi asosida 13 ta asosiy shkalalari va 200 dan ortiq qo‘shimcha shkalalarning ahamiyati hisob-kitob qilinadi. Asosiy shkalalar ikki guruhgabo‘linadi: baholovchivatayanchguruhi. Baholovchi shkalalar tadqiqot natijalarining ishonchliligini baholashga mo‘ljallangan bo‘lsa, tayanch guruhlar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangandir. Ularning yordamida sinovga jalb etilgan kishining disgormonik rivojlangan shaxsning 10 ta turidan bittasiga yaqinligi o‘rganiladi.
16—faktorli shaxsga oid so‘rovnoma (16—FLO) ham xuddi MMR-1 kabi shaxs ko'rinishlarining keng jabhalarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan. 16-FLO shkalalari dastlabki shaxsiy belgilar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular bayon etilgan ko‘p sonli tavsifnomalarning ichidan faktorli tahlil asosida ajratib olinadi.
MMR-1 va 16-FLO savolnomalari amaliyot uchun o‘ta qulay-
ligi va validligi bilan ajralib turadi, ushbu so'rovnomalar turli amaliy vazifalarni hal etishda ishonchli vosita ekanligini isbotladilar. Shunday bo'lsada bu ikki so'rovnoma shaxsni o‘rganishga oid tadqiqotlarning ikkita biri-biridan farq qiluvchi yo‘nalishlariga oiddir: MMR-1 tipologik yondoshuvining metrik ifodasi bo'lsa, 16- FLOda shaxsning belgilari asosidagi yondoshuv amalga oshirilgan. Bu farqlar MMR-1 va 16-FLOni o‘zaro biri-birining o'rnini bosa ololmaydigan qiladi. Ko‘p tadqiqotlar ikki so'rovnomalarni birgalikda qo‘llashni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: