Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Biologik faol qo'shimchalar (BFQ) va psixik o'zini-o'zi tartiblash



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə128/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Biologik faol qo'shimchalar (BFQ) va psixik o'zini-o'zi tartiblash. Psixik o‘zini-o‘zi tartiblashni o‘zlashtirish texnologiyasi u qadar jo‘n va oddiy emas va bu ish muayyan vaqtni, izchil hamda doimiy mashg‘ulotlarni taqozo etadi. Bundan tashqari, agar professional sportchi o‘z-o‘zini psixik tartiblash mashqlari tufayli tez orada biror- bir o‘zgarishga erishmasa, u tezda psixologik salomatligini mustahkamlash borasidagi. o‘z motivatsiyasini yo‘qotadi.

Shu boisdan ham, organizmga va uning tizimlariga psixoterapiya va asosan o'simliklardan tayyorlanadigan biologik faol ozuqa qo'shimchalarining parallel ravishda ta’sir ko‘rsatishining texnologiyasi ishlab chiqilgan.Ushbu biologik faol ozuqa qo‘shim- chalari energetik faol fon yaratib, uning ostida o‘z-o‘zini tartiblash yanadajadalroqvamaqsadliroq tarzda amalga oshiriladi. (В.Ф.Сопов. Психическая саморегуляция в физической культуре и реаби­литации/ Эмоциональная регуляция: Теортетические основы и прикладные аспекты. Самара. 2002. 146-152 с.)
Ushbu maqsadlarda , kishi salomatligini tiklovchi, unga g‘ayrat bag‘ishlovchi, va uning asab tizimini, shuningdek yurak-qon tomir va immmunitet tizimini tinchlantirishga ta’sir ko'rsatuvchi tizimli mahsulotlar ayniqsa samarali ekanligi ma’lum boidi.
Bular orasida birinchi navbatda ginkgo bilob ekstratini tilga olish kerak. Ushbu mahsulot qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatib, qondagi kislorod miqdorini oshiradi, asab impulslarining uzatilishini yaxshilaydi, anglash funksiyasini va serebral metobolizmni yaxshilaydi, bu esa o'z navbatida quyidagi holatlarda ayniqsa yaxshi samara beradi: bosh aylanishida, boshdagi og‘riqlarda, xotira va diqqatning pasayishida, fikrlash tezligining pasayishida, xavotirlanishda, depressiyada, turli asab buzilish kasalliklarida va hokazolarda.
Letsitin ham - charchoqqa va organ izmdagi funksional buzilishlarga qarshi kurashda asosiy yordamchi sifatida alohida o‘rin tutadi. U odam asab tizimining 17% ni tashkil etadi, ayniqsa yurak mushaklari eng ko‘p miqdordagi letsitinga egadir.Letsitin quyidagi bir qator holatlarda tavsiya etiladi: fikrni jamlash, xotira pasayganda, aqliy jihatdan o‘ta charchaganda, periferik asab tizimi kasalliklarida, jizzakilik, asabbuzilishlarida, dermatitlarda, psoriazda, kamqonlikda, asteniyada.
Maxsus ta’sirga mo'ljallangan tizimli mahsulot melatonin depressiyada, kundalik uyqu va bedorlik meyori buzilganda, soat mintaqalari tez - tez o‘zgargan holatlarda, uyqusizlikda va tungi charchoq hislari paydo bolganda qo'llaniladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin