Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə129/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Ayurvedik giyohli choy, uni bazan “qattiq uyqu uchun” ham deyishadi. U tinchlanishga va dam olishga yordam berib, organizmning qarshilik ko‘rsatish quvvatini oshirib shamollagan vaqtlarda tana immunitetini mustahkamlab, uyquni yaxshilaydi.
Ushbu mahsulotlar aholining barcha qatlami uchun birdek samaralidir: o‘z salomatligini mustahkamlash maqsadida psixik tartiblanish bilan shug‘ullanuvchi eng kichik yoshdagi bolalardan to nuroniy yoshdagi kishilar ham undan foydilanishlari mumkin.
Psixofarmakologik vositalar shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, musobaqalarda yoki tayyorgarlik mashg‘ulotlari chog'ida, nihoyatda zarur bo‘lganda qabul qilinishi kerak. Faqat shundagina ularning qo‘llanilishi to‘g‘ri va samarali bo‘ladi. Biroq,ayrim professional sportchilar ularni o‘z xohishiga ko‘ra zarur bo‘lsa-bo‘lmasa iste’mol qiladilar, hatto ba’zan ularni sport murabbiylari ham tavsiya etadilar. Buning uchun aksariyat hollarda sportchilarning uyqusi yo‘qolganligi, musobaqa oldidagi vahimalilik, charchoq,haddan tashqari ko‘p mashg‘ulot qiiish, qo‘rquv, turli nizoiar va tushkunlik kayfiyatlari va hokazolar sabab bo'ladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lishi bilan, sportchi albatta, shifokorga yoki psixologga murojaat qilishi kerak.
Psixotrop vositalar quyidagi bir qotor xususiyatlarga ega. Xususan ular: sportchida ularga o'rganib qolishni, ularning doriga bog'lanib qolishlarini, ya’ni kerak boisa—bo'lmasa, mazkur dorilarni ichib yurishga odatlanib qolishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, bunga odatlangan sportchilar tobora ularning miqdorini oshirib boraveradilar. Bunday tobelik aksariyat hollarda giyohvandlikda uchraydi, biroq o'rganib qolish holati preparatlardan tez-tez foydalaniladigan oddiy sharoitlarda ham yuz berishi mumkin. Bu kabi holatlarda preparatlarni qabul qilishni ta’qiqlash, sportchilarda vahimalilikni, juda kuchli vegetativ reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek bir-ikki marotaba qabul qilgandayoq sportchilarni o‘ziga tobe qilib qo‘yadigan psixofarmakologik preparatlar ham mavjud. Bularning barchasi sportda psixofarmakologik preparatlarni qo‘llanishda nihoyatda qat’iy intizomga va mas’uliyatga rioya etilishi lozimligini ko'rsatadi. Aks holda ularni qo'llash foydadan ko'ra ko'proq zarar keltirishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin