Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sport kurashlarining borishi bilan bog'liq bo'lgan emotsional kechinmalar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə21/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sport kurashlarining borishi bilan bog'liq bo'lgan emotsional kechinmalar. Ushbu his-tuyg‘ular nihoyatda kuchli hayajonli tarzda kechib, unda sportchilarning g‘alaba qozonishga yoki eng yuqori sport natijalarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ulkan intilishlari, xatti-harakatlari ifodalanadi. Ushbu emotsional his-tuyg‘ular o‘z sur’ati bilan odamning oddiy kundalik hayotida kechiriladigan his- tuyg‘ularidan ancha balandroq va kuchliroq ta’sirga egadir. Ko‘pgjna hollarda ular emotsional his-tuyg‘ulaming o‘ziga xos ifodasi tarzida sportchi mimikasida ham o‘z ifodasini topadi. Sportga oid kurashlar jarayonida eng mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyatli hal etilgan paytda (masalan, raqiblar darvozasiga to'p urilganda) g'alabaga xos emotsional kechinmalar o‘zining eng yuqori darajasiga, ya’ni shodlik, xursandchilik affekti darajasiga yetishi mumkin. Maglubiyat

yu2 berganida esa sportchilarda o‘zini yo‘qotib qo‘yish, holsizlik va 0‘z iga ishonchsizlik paydo bo'ladi. Sport musobaqalari davridagi err*otsional holatlar aksariyat hollarda kuchli hayajonlanish bilan xafakterlanib, ularni ba’zan “Sport jahldorligi” deb ham nomlashadi. gu-nday holat nihoyatda katta harakatlantiruvchi kuch ahamiyatiga egadir; bunday holatda sportchi o‘zida ulkan kuchni his qiladi, ayni paytda charchoqni mutlaqo unutadi, uning barcha psixik jarayonlari o‘ta keskinlashadi. Sportchida tezkorlik va kuchni talab etuvchi reaksiyalar qobiliyati nomoyon bo‘ladi.

  1. Estetik hissiyotlar. Aksariyat hollarda estetik his-tuyg‘ular jismoniy mashqlarni mukammal bajarishni ifodalovchi harakatlar ritmini, ularning shakl go'zalliklarini va boshqa tomonlarini idrok etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu tuyg‘ular gimnastika, konkida figurali uchish va shu kabi boshqa sport turlarida yuzaga keladi. Sport mashg‘ulotlari yoki musobaqalari bo'lib o'tayotgan tashqi shart-sharoitlarni idrok etish tufayli tug‘iladigan his-tuyg‘ular ham katta estetik ahamiyatga molikdir. Musobaqalarning tantanavorligi, rnusobaqa joylarining tashqi tomondan juda go‘zal qilib bezatilishi, ishtirokchilarning barchasi kiyib olgan bir xil sport kiyimlari, yuzlab, minglab tomoshabinlarning ishtirok etishi, ularning sportchilarga ko'rsatayotgan diqqat-e’tibori, hurmat, ehtirom va qiziqishlari — bularning barchasi rnusobaqa ishtirokchilarida nihoyatda yuqori emotsional holatni yuzaga keltirib, ularda muvaffaqiyat qozonish, o‘zlarining sport tayyorgarligini eng yaxshi tomondan ko'rsatish xohishining tug‘ilishiga asos yaratadi. Agar sport musobaqalarining tashqi jihatlari u qadar e’tiborga molik bo‘lmasa, tashkiliy jihatdan ko‘tarinki ruh, tantanavorlik sezilmasa, bu sportchida astenik (salbiy) emotsional kechinmalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.


  2. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin