Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə22/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Ma'naviy his-tuyg'ular. Bu his-tuyg‘ular sportchi tomonidan o‘z faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglashi bilan bog‘liqdir (sport musobaqasidagi o‘z g‘alabasi yoki muvaffaqiyatsizligi uchun jamoa oldidagi javobgarlik, faxr his-tuyg‘usi va hokazolar). Ushbu ma’naviy his-tuyg‘ular qiyinchiliklarni yengib o'tishda sportchi uchun barcha kuch-g‘ayratini safarbar etishda eng kuchli rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi. Sportga oid kurashlarning natijasi aksariyat

hollarda sportchining ma’naviy his-tuyg‘ulari va intilishlariga bog‘liq bo‘ladi. Jamoa oldidagi mas’uliyat hissi ham bunda katta yordam beradi. Bunday his—tuyg‘uga ega bo'lgan sportchi hech qachon o‘z jamoasining manfaatlari uchun kurashdan, garchi bu kurash qanchalar qiyin va xavfli boimasin, bo‘yin tovlamaydi.
Shunday qilib, sport faoliyati uchun quyidagi jihatlar xosdir:

  1. sportchining shaxsiyatini chuqur qamrab oluvchi va uning faoliyatiga nihoyatda ulkan ta’sir ko‘rsatuvchi yorqin va kuchli emotsional kechinmalar; ayni paytda bu sportchidan o‘z his- tuyg‘ularini boshqara olish va ulardan astenik xarakterga ega bo'lgan emotsiyalarga qarshi kurasha bilish qobiliyatini ham talab etadi;

  2. emotsional his-tuyg‘ular o‘z sifatiga, turiga ko'ra xilma- xildir. Ular orasida oddiy muskul faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan jismoniy tuyg‘ulardan to sport jamoasini yagona yaxlit bir oilaga birlashtiruvchi umumiy manfaatlar asosida yotgan ma’naviy tuyg'ularigacha bor;

v) sport musobaqalari chog‘ida emotsional holatlarning o‘zgaruvchanligi, juda tez fursatda tamoman bir-biriga qarama- qarshi bo'lgan bir tuyg‘udan boshqa tuyg'ularga o‘tib ketish hollari kuzatiladi. Bunga sport musobaqalarining o‘zi ham ana shunday o‘zgaruvchan ekanligi sabab bo‘ladi. Chunki musobaqalar ham o‘ta jadal sur’atlarda o‘tib, ba’zan ularda mag‘lublikdan g‘oliblikka, g‘oliblikdan mag‘lublikka o'tishlar va hokazo kutilmagan vaziyatlar ham sodir bo‘ladi.

  1. Sport faoliyatining motivlari

Motiv - bu o‘ta murakkab psixologik birikma bo‘lib, u mazmun jihatdan kishi tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatning, faoliyatning asosi bo‘lib hisoblanadi (ya’ni ushbu harakatga sabab bo‘lgan asoslarni ifodalaydi). Energetik jihatdan esa motiv - tanlangan maqsadga erishish uchun da’vatdir.
To‘la anglangan motiv quyidagi savollarga javob berishi lozim: nimaga (biror bir harakatga bo‘lgan ehtiyojni anglash), nima uchun yoki nima maqsadlarni ko‘zlab (maqsadni anglash), nimaga kishi o‘zida paydo bo‘lgan ehtiyojni (zaruriyatni) ayni shu yo‘l bilan amalga oshirmoqchi yoki amalga oshirdi (vaziyatni hisobga olish) .

  1. Sportda motivlarning rivojlanish dinamikasi

Sport faoliyatining motivatsiyasi ham ichki, ham tashqi omillar bilan izohlanadi. Bu omillar sportchining hayoti davomida o‘z mazmuni va ahamiyatini o'zgartirib boradi, ular nafaqat shaklan turlicha, balki o'zlarining dinamik xususiyatlariga ko'ra ham farqlanadilar. Bu omillar uzoq davom etadigan sport bilan shug‘ullanish jarayonlarida muayyan qonuniyatlarga ko‘ra biri- ikkinchisi bilan o‘rin almashib turadi. Taniqli psixolog - olim A.S.Puni sport faoliyatining motivlarini maxsus o‘rganish asosida kishida sport bilan shug‘ullanish ishtiyoqini paydo qiluvchi motivlar rivojlanishining quyidagi dinamikasini aniqlagan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin