Tanlangan sport turida ixtisoslashuv bosqichi Ushbu bosqichda sport faoliyatining motivlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: muayyan sport turiga nisbatan bo‘lgan qiziqishning uyg‘onishi va rivojlanishi;
ushbu sport turiga bo‘lgan qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi va ularni rivojlantirishga intilish;
v) sportda erishilgan yutuqlar tufayli his etilgan ko‘tarinki emotsional his tuyg‘ular va ularni mustahkamlash yo‘lidagi intilish; g) maxsus bilimlar doirasini kengaytirish, sport texnikasini mukammallashtirish, tayyorgarlikning yanada yuqori darajalariga erishish. O’z sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra mutlaqo yangicha tarzda bo‘lgan ushbu motivlarning yuzaga kelishining o‘ziga xos sabablari bor. Ular birinchi galda sportdagi ixtisoslashuvga bog‘liqdir (sportchi — gimnastikachi, bokschi, chang'ichi, eshkak eshuvchi va hokazo aniq sport turi vakiliga aylanadi), qolaversa u endi uchinchi, ikkinchi va birinchi razryadli sport malakasiga ega bo‘ladi. Shu bilan birgalikda endi ular sportda ancha dadil harakat qiladigan bo‘lib, maqsadlari ham ancha reallashadi. Ularni endi shunchaki sport faoliyati bilan shug‘ullanish emas, balki uning natijalari qiziqtiradi. Bu esa ularning muayyan sport muvaffaqiyatlariga, rekordlarga intilishlarida namoyon boiadi. Motivlar rivojining bu bosqichida ham, sport faoliyatiga umumiy qiziqish saqlanib qoladi, ammo bu qiziqish endi, sportga shunchaki, umumiy qiziqishning dastlabki ilk bosqichidagidan ko‘ra yangi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘la boradi. Endi sportchini o‘zi tanlagan sport turiga xos bo'lgan texnik va taktik jihatlarning xilma-xilligi, boyligi ko‘proq qiziqtiradi (unda o‘z texnikasini yuqori darajaga ko'tarishga intilish, musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, taktik kombinatsiyalarni puxta ishlab chiqish va hokazolar kuzatiladi). Bu davrda sport faoliyati sportchi uchun tabiiy ehtiyojga aylanadi va uni qondirish lozim bo'ladi; hatto sport mashg‘ulotlaridagi katta jismoniy mehnat, qiyinchiliklar ham o'ziga xos zaruriyatga aylanib qoladi (masalan, gimnastika bilan shug‘ullanishning motivatsiyasi, sportchi uchun odatiy bo‘lib qolgan ko‘nikma, o‘rganish va jismoniy yuklanish zaruriyligi).