Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Kontsentratsiya (diqqatnijamlash) —



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə36/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Kontsentratsiya (diqqatnijamlash) — shaxsning xususiyati sifatida uzoq vaqt (ideal holda esa doimiy tarzda) hayotiy faoliyatning barcha jabhalariga, ayniqsa o‘zining asosiy faoliyatini takomillashtirish muammolariga asosiy e’tiborni qarata bilishni anglatadi. Shaxsning ayni shu fazilati boshqa fazilatlarga nisbatan, ayniqsa chempion sportchilarga xosdir; chempion sportchilar xuddi mana shu jihati bilangina bir-birlariga juda-juda o‘xshaydilar, deb ta’kidlaydi tadqiqot muallifi.
Binobarin, bu juda jiddiy va muhim masaladir. Diqqatni jamlashni shaxsning irodasi hisobiga ta’minlangan vaqtinchalik holat, diqqatni jamlash qobiliyati deb ko'rmasdan, uni sutkasiga 24 soat davomida jamlashni ta’minlaydigan, mustahkam shakllangan shaxsiy ko'nikma tarzida tushunmoq darkor.
Bu borada dunyoga mashhur futbolchi Pelening o‘ziga berilgan: “Nima uchun “Santos” jamoasida o'ynaydiganlarning barchasi kuniga 5-6 soat mashq qilishadi-yu, siz bor-yo‘g‘i 1,5 soat mashq qilasiz?” deban savolga — “Chunki men qolgan 22,5 soatda ham faqat futbol haqida o‘ylayman”, — deb bergan javobi o'ta ibratlidir. Ya’ni, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, uning butun diqqat e’tibori jamlangan bir sharoitda unga 1,5 soatlik mashg'ulotning o‘zi yetarli bo‘lgan.
Kishi o‘z hayotida doimiy ravishda fikri hamda diqqat-e’tiborini jamlab yurishini balandlikka sakrash bo'yicha jahon chempioni Tamara Bikova ramziy tarzda shunday izohlaydi: “Men hamisha irodaviy korsetdaman”(1988 y.).
SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, uzoq yillar suzish bo‘yicha SSSR terma jamoasining bosh murabbiysi boiib ishlagan Sergey Voysexovskiy shunday degan: “Yuz foizli diqqatni jamlash (uning kuchli o‘chog‘i miya qobig‘ida) inson organizmining barcha tizimlarini: harakat tizimlarini ham, emotsional tizimlarini ham, shuningdek, o‘z-o‘zini tartibga solish tizimlarini ham o‘z tasarrufiga
bo‘ysundirib oladi. Shaxsning bunday holati (diqqatning mutloq jamlangan holati) unga eng zarur holatni va eng zarur tarzda faoliyat yuritish imkoniyatini yaratib beradi. Ko‘pgina murabbiylar noto‘g‘ri yoMdan boradilar. Ya’ni ular shaxsning diqqat-e’tiborini og‘ir yuklamalar bilan, qiyin ishlar bilan bir joyga jamlamoqchi bo'ladilar. Chunki ular shaxsda diqqatni qanday shakllantirish va tarbiyalash mumkinligini bilmaydilar. Natijada ular sportchilarni holdan toyguncha ishlatadilar” (1990 y.).
Sportchining diqqatini jamlashi bevosita uning motivatsiyasi bilan bog‘liq.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin