Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə51/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Emotsional beqarorlik - sportchidagi optimal emotsional qo‘zg‘alishning buzilishi tarzida, asosan o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik tarafiga o‘zgarishi orqali namoyon bo'ladi. Bunday holatdagi sportchilarning faoliyatidagi ishchanlik qobiliyatida birinchi bosqichdagidan ham ko‘ra sezilarliroq o‘zgarishlar yuz beradi, kayfiyatning beqarorligi ham yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, ba’zan mutlaqo boshqalarnikiga o‘xshamagan, individual tarzda yuzaga chiqadi. Bunday holatdagi sportchi uchun eng oddiy hayotiy qarama-qarshiliklar ham o‘ta kuchli qo‘zg‘alishni yuzaga keltirib, ular hech bir asossiz ravishda qo'pol va noo‘rin xatti-harakatlarga, asabiylashishga, kuch-quvvatlarini behuda sarflashga yo‘l qo'yadilar. Masalan, ulardan ayrimlari, biror narsani o‘zgalardan so‘ramoqchi bo‘lsalar, hech bir asossiz ravishda yuraklarining urishi tezlashib, qizarib yoki terlab ketadilar. Ba’zilari esa mutlaqo kutishga toqatsiz bo‘lib qoladilar, bir joyda tura olmaydigan, sal narsaga so‘kinib, duch kelgan odamni haqoratlaydigan bo‘lib qoladilar. Boshqa birlari esa judayam jiddiy, xo‘mrayib olib, hamma narsaga umidsizlik, tushkunlik bilan qaray boshlaydilar va hokazo.
Ichki xavotir- bunda faqat noxush narsalarni kutib yashash sportchining doimiy yo‘ldoshiga aylanadi. Ilgari u oddiy va odatiy holat deb qabul qiladigan narsalarni, endi me’yorlardan chetga chiqish, oldinda turgan omadsizlikdan nishona bo'lib tuyulaveradi. Kelgusi xatti-harakatlarining maqsadga muvofiqligiga ishonchsizlik,o‘zidan, tevarak- atrofdagilaridan, turmushtarzidanqoniqmaslik, sportchining psixik o‘ta zo‘riqish holati ancha chuqurlashib ketganligini va uning uchinchi bosqichga yaqinlashib qolganligidan dalolat beradi. Ba’zi sportchilarda kechadigan ikkinchi bosqich shu darajada qisqa vaqt davom etadi-ki, ularda birinchi bosqichdan so‘ng birdaniga uchinchi bosqich boshlanishi haqida gapirish ham mumkin bo‘ladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin