Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi – guruh talabasi



Yüklə 53,74 Kb.
səhifə2/13
tarix17.11.2022
ölçüsü53,74 Kb.
#119602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xusanova Shaxnoza Meyoz

Kurs ishi obyekti. Meyozning biologik ahamiyati, hujayra yadrosining xromosomalar, jinsiy hujayralar.
Kurs ishi predmeti. Irsiyatning tuzilish va funksional birligi genlar hisoblanadi. Irsiyatning xromosoma va genlarini o‘rganishda molekulyar biologiyaning bir necha usullari: sitogenetik, biokimyoviy, immungenetik, gen injeneriyasi va h. k. dan foydalaniladi.
Odam genetikasidagi uchraydigan gen kasaliklari Gen kasalliklariga fenilketonuriya, albinizm, gemofiliya, daltonizm kabilami misol qilish mumkin. Xromosoma kasalliklariga - Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Sher-shevskiy- Temer sindromlarim misol qilish mumkin.
Kurs ishi maqsad va vazifalari. Antropogenetika odam organizmi normal belgilarining irsiyligi va o‘zgaruvchanligini, tibbiyot genetikasi esa uning irsiy patologiyasini o‘rganadi.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lgani uchun so'nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa, ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga yaqin normal va patologik belgilaming nasldan-naslga o'tib borishi bir qadar o'rganib chiqilgan. Irsiy omillarga bog'liq kasalliklar borligi aniqlangan.
Kurs ishining tarkibi:
Kirish, 2 ta bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxati 27 sahifadan iborat.

I-BOB. MEYOZ, UNING FAZALARI, BIOLOGIK AHAMIYATI
1.1 Meyozning biologik ahamiyati. 
Meyoz hayvonlarda gametogenez va o'simliklarda sporogenezning markaziy hodisasidir. Kombinativ o'zgaruvchanlikning asosi bo'lgan meyoz gametalarning genetik xilma-xilligini ta'minlaydi.
Meyoz haqida umumiy ma'lumot
Jinsiy usulda ko'payadigan organizmlarda o'ziga xos bo'linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyoz so'zining ma'nosi kamayish demakdir. Meyoz natijasida diploid to'plamga ega bo'lgan birlamchi jinsiy hujayralardan gaploid to'plamli jinsiy hujayralar hosil bo'ladi. Meyoz ketma-ket keladigan ikkita bo'linish bosqichlaridan iborat. Har bir meyoz bo'linish xuddi mitoz singari to'rt bosqichga: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga bo'linadi. Ularni farq qilish uchun birinchi bo'linish fazalari oldiga I, ikkinchi bo'linish fazalari oldiga II raqami qo'yiladi .
Meyoz ham xuddi mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Meyoz bo'linishi quyida ko'rsatilganidek, ketma-ket keladigan bosqichlardan iborat bo'lib, bu- ning natijasida xromosomalar ma'lum o'zgarishga uchraydi.
Buni sxema tarzida quyidagicha ifodalash mumkin.
Interfaza profaza I Interkinez profaza II
metafaza I metafaza II
anafaza I anafaza II
telofaza I telofaza II
Meyozning birinchi bo'linishi bilan ikkinchi bo'linishi orasidagi holat interkinez deb ataladi. Ko'pincha interkinez holat sodir bo'lmay, telofaza I profaza II ga ulanib ketishi ham mumkin.

Yüklə 53,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin