Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə189/325
tarix16.11.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#119591
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi (1)

Abdulla Avloniy (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, o’gay onam bilan bir ukam meni qaramog’imda menga boqim bo’lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqqa to’g’ri kelganligidan quvvai muhofazam o’rta darajada bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shu choqlarda o’zim mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va mullalarga qarshi sherlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o’qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida chiqqan matbuot – gazeta va jurnallar bilan tanishib, o’qib, malumotmni orttra bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik — yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o’quvchilari mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul jadidchilar qatoriga kirdim. 1904 yildan jadidchilar to’dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o’qituvchilik ham qildim... Mulla va boylarg’a qarashli eski turmush bilan qatiy suratda kurasha boshladuk. O’z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi...».
A.Avloniy nashr etgan ro’znomalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni marifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatshga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A. Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, yetim-yesirlarni o’qitdi.


Adabiyotlar:

  1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O‘qituvchi, 1996.

  2. Hasanboev J., Hasanboeva O., Homidov H. Pedagogika tarixi. – T.: O‘qituvchi, 1997.

  3. Safo Ochil., Hoshimov K. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1999.

  4. Hoshimov K., Safo Ochil. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2010.

  5. Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. – T.: NOSHIR, 2012.

  6. Ataeva N., Rasulova F., Hasanov S. Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi). – T.: “Fan va texnoligiya”, 2011.

  7. Munis SHermuxammad. Savodi ta’lim. – T.: O‘qituvchi, 1997.

  8. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy. YAxshi kishilar odobi. – T.: YAngi asr avlodi, 2002


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin